Davlatiy moliya


ITT Corporation (International Telephone and Telegraph)



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

ITT Corporation (International Telephone and Telegraph) 
korxonasini eslaylik. Korxona 1920 yilda telefon va telegraf xizmatlarini va 
tegishli asbob-uskunalarni taklif etuvchi korxona sifatida tashkil etilgan. XX 
asrning 70-yillarida 
ITT 
ulkan ko‘p millatli konglomerat
26
ga aylandi. Asosiy 
faoliyatidan tashqari firmaning faoliyat doirasiga sug‘urta, harbiy kiyim-bosh 
tikish, non mahsulotlari, yog‘och-taxta, bog‘dorchilik mahsulotlari ishlab 
chiqarish, shuningdek tog‘-kon ishi va avtomobillarni ijaraga berish kirar edi. 
O‘tgan asrning 80-yillari davomida korxona shu faoliyat turlarining ko‘pchiligi 
bilan shug‘ullanmay qo‘ydi va butun diqqat-e’tiborini mehmonxona va qimor 
biznesiga qaratdi. 1996-yilga kelib esa, korxona umuman telefon va telegraf 
uskunalari ishlab chiqarmay qo‘ydi va telekommunikatsiya xizmatlari 
ko‘rsatishni to‘xtatdi.
Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgi (aniq)lab 
olgach, korxona menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tad-qiqot o‘tkaziladigan 
laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxona-lar va boshqa uzoq 
muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning 
barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak 
bo‘ladi. Bu jarayon 
investitsiyalarni 
deb ataladi.

Bunday tahlil birligi 
investitsion loyiha 
hisoblanadi. Investitsiyalarni 
rejalashtirish har bir yangi investitsion loyiha uchun asosiy niyat (maqsad)larni 
belgilash, ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni tanlash va ularni 
amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Firma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini belgilab olgandan so‘ng 
shu loyihalar qay tarzda moliyalashtirilishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni 
rejalashtirish bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga taalluqli 
qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida investitsion loyiha emas, balki 
firmaning butun o‘zidir. Kapital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining 
amaliy moliyaviy rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi, shundan keyin 
moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab chiqishga kirishish mumkin. 
26
“Konglomerant” lotincha “conglomeratus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “to‘dalangan, yig‘ilgan, 
to‘plangan” deb tarjima qilinib, jumladan, “turli-tuman jins, predmet va qismlarning tasodifiy mexanik 
ko‘shilmasidan iborat narsa; qurama” ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 398. 


69 
Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqa-rishi 
mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozorlarda savdo (sotuv)ga chiqari-ladigan 
standartlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar – oddiy va imtiyozli aksiyalar, 
obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin. 
Shuningdek, korxonaga qo‘yilgan bozordan tashqari (nobozoriy) moliyaviy 
talablar, ya’ni bank ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara shartnomalari va 
pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar ham savdo (sotuv)ga qo‘yilishi mumkin.
Korxona kapitali tuzilmasi kapitalning ma’lum qismi egala-ridan har biri 
korxona daromadining qancha qismini olishini belgilab beradi. Masalan, 
obligatsiya egalari, odatda, belgilangan (qat’iy) to‘lovlar olib turadi, 
aksiyadorlarga esa daromadga da’vogarlarning barchasi o‘z ulushini olgandan 
keyin qolgan mablag‘ to‘lanadi. Korxona ishining qanday nazorat qilinishi 
qisman kapital tuzilmasiga bog‘liq. Odatda, aksiyadorlar firmani direktorlar 
kengashiga o‘z vakillarini saylash huquqidan foyda-langan holda boshqaradilar, 
obligatsiyalar chiqarish va korxonaning boshqa kredit kelishuvlariga kirishi, ko‘p 
hollarda, undan ma’lum shartlarni bajarishni taqozo etadi, 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin