Davlatiy moliya


-rasm. Moliyaviy hisobotlar funksiyalari



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

12-rasm. Moliyaviy hisobotlar funksiyalari 
Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinda shuni qayd etish joizki, firmaning moliyaviy 
hisobotlarida kamdan-kam hollarda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganini 
to‘liq baholash uchun zarur ma’lumot mavjud. Ammo hisobotlar manfaatdor 
shaxslarni korxona faoliyatining qaysi jihatlarini, ayniqsa, o‘ta sinchkovlik bilan 
tahlil qilish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi mumkin. 
Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani boshqarishda qo‘lga kiritilgan 
yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni aniqlash 
mumkin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun Hisob Palatasi, 
Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, tarmoq yoki soha vazirliklari qoshidagi 
Nazorat-taftish boshqarmalari, auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan 
taqdim etiladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Xuddi shunday 
maqsad bilan OAV tomonidan e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga e’tibor 
berishning o‘zi ham juda ko‘p narsani ko‘rsatishi mumkin.
Rasmga ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlarning ikkinchi funksiyasi 
firma egalari va kreditorlariga korxona faoliyati samaradorligining asosiy reja 
ko‘rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini 
berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlardan direktorlar kengashi korxona samarador-ligining 
rejadagi ko‘rsatkichlari borasida muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi. 
Masalan, ular balans daromadliligi yoki kapital daromadliligi koeffitsiyenti 
(ROE) uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda, muayyan maqsad qo‘yishi 
mumkin. Shuningdek, kreditorlar firma boshqaruv-chilari oldiga joriy aktivlar va 
joriy majburiyatlar nisbati koeffi-tsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkichni maqsad qilib 
qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishlari ham mumkin. 
Moliyaviy hisobotlarning navbatdagi funksiyasi, 
qulay shablon-modellar 
tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanishdir.
O‘z korxonalari uchun ma’lum davr bo‘yicha moliyaviy natijalar to‘g‘risida 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin