Davlatiy moliya


 Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

7. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar 
Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha faoliyat 
sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan 
shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan 
korxonalar mavjud. Reyting agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski 
korxonalardan hisoblanadi. Masalan, 
Moody's
va 
Standard & Poor's 
reyting 
agentliklari qimmatbaho qog‘oz emitentlarining kredit reytingini, 
Best's 
firmasi 
esa – sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan. So‘nggi 
yillarda turli xizmatlar taklif etuvchi korxonalar doirasida moliyaviy 
ko‘rsatkichlar tahlilini o‘tkazish bo‘yicha (masalan, 
Bloomberg
va 
Reuters) 
yoki 
turli xil o‘zaro fondlarning faoliyati natijalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlar 
taqdim etish bo‘yicha (masalan, 
Upper, Momingstar
va 
SEI) 
firma va bo‘limlar 
tobora ko‘p paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda, jumladan, ko‘proq tijorat 
banklarining faoliyatini xarak-terlaydigan ma’lumotlarni taqdim etuvchi bunday 
firmalardan biri “Axborreyting”dir. 
11-MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOT FUNKSIYALARI VA 
ULARNING TURLARI 
REJA: 
1.
 
Moliyaviy hisobot funksiyalari va turlari. 
2.
 
Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq. 
3.
 
Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari. 
1.
 
Moliyaviy hisobot funksiyalari va turlari 
Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan funksiyalarni 
chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (12-rasm). Demak, ko‘rinib turibdiki, 
eng umumiy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uchta muhim 
iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi shundan iboratki, unga ko‘ra 
moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy 
moliyaviy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali 


200 
bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumot beradi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin