Davlatiy moliya


-jadval  “XYZ”  korxonasining 2019-yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

5-jadval 
“XYZ”  korxonasining 2019-yilgi pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti 
(soddalashtirilgan shakli) 
Xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘larining sof kirimi (chiqimi) 
 
Sof foyda 
23,4 
Amortizatsiya (+) 
+30,0 
Olinishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (debitorlik 
qarzlari)ning o‘zgarishi (-) 
-10,0 
Tovar-moddiy zaxiralar qiymatining o‘zgarishi (-) 
-30,0 
To‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlardagi summa (kreditorlik 
qarzlari)ning) o‘zgarishi (+) 
+12,0 
Ishlab chiqarish faoliyatidan olingan pul mablag‘larining yakuniy 
harakati
25,4 
Investitsion faoliyat natijasidagi sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi) 
Asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar summasi o‘zgarishi (-) 
-90,0 


208 
Moliyaviy faoliyatdan sof pul oqimlarining kirimi (chiqimi) 
To‘langan dividendlar (-) 
-10,0 
Qisqa muddatli qarz summalarining o‘zgarishi (+) 
+94,6 
Pul mablag‘lari va bozor qimmatli qog‘ozlari summasining 
o‘zgarishi 
20,0 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda korxonaning sof foyda ko‘rsatkichi va 
uning asosiy faoliyati natijasida kelib tushgan pul mablag‘lari o‘rtasida nima 
uchun farq borligini ko‘rsatib beradigan to‘rtta modda (bo‘lim) bor. Ular 
quyidagilardan iborat: 
1)
amortizatsiya xarajat (ajratma)lari; 
2)
olinishi kerak bo‘lgan (debitorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning 
o‘zgarishi; 
3)
to‘lanishi kerak bo‘lgan (kreditorlik) hisob-varaqlardagi summalar-ning 
o‘zgarishi; 
4)
tovar-moddiy boyliklar qiymatining o‘zgarishi. 
Endi “XYZ”
 
korxonasi hisobotining ushbu qismlarini batafsilroq o‘rganib 
chiqamiz. 
Birinchidan, 2019-yil bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari summasi 30,0 mln. 
so‘mni tashkil etdi va 2019-yil bo‘yicha sof foyda hisoblab chiqilayotganda bu 
xarajatlar miqdori, garchi ular pul shaklida amalga oshirilmagan bo‘lsada, 
korxona daromadlari summasidan chiqarib tashlangan edi. Buning sababi 
shundaki, ekspluatatsiya jarayonida amortizatsiya ajratmalari hisoblanadigan 
asosiy vositalar (zavod binolari va asbob-uskunalar)ni sotib olishga ketgan pul 
mablag‘lari chiqimi ushbu aktivlar dastlab sotib olinganda hisobga olinadi. 
Ammo bunda amortizatsiya ajratmalari xarajat hisobla-nadi va firma ushbu bino 
va asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qiladigan keyingi yillarda shu xarajatlarni 
hisobga oladi. Demak, sof foyda ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda ishlab 
chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichini aniqlash uchun, avvalo, 
birinchi navbatda birinchi songa amortizatsiya ajratmalarini qo‘shish kerak.
Keyin, biz tahlil qilayotgan hisobotda 10,0 mln. so‘m miqdorida olinishi 
kerak bo‘lgan debitorlik qarzlari summasining ortishi aks ettirilgan. Bu 
ko‘rsatkich yil davomida firma ko‘rgan foyda summasi va firma amalda 
xaridorlardan olgan pul miqdori o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi. Moliyaviy natijalar 
to‘g‘risidagi hisobotdan olingan ma’lumot-larga ko‘ra “XYZ”
  
korxonasi 2019-
yilda jami 200,0 mln so‘m miqdorida tovar ishlab chiqarib, jo‘natgan va xizmat 
ko‘rsatgan hamda bu to‘lovlarni talab qilgan. Ammo amalda firma xaridorlardan 
faqat 190,0 mln so‘m. olgan. Demak, sof foyda ko‘rsatkichi asosida ishlab 


209 
chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun birinchi 
ko‘rsatkichdan 10,0 mln. so‘m (debitorlik qarzining ortishi)ni ayirib tashlash 
kerak. 
Bundan tashqari, hisobotda tovar-moddiy zaxiralar qiymatining 30,0 mln. 
so‘m miqdorida ortgani qayd etilgan. Bu tovar-moddiy zaxiralarning yil oxiridagi 
qiymati shu davrning yil boshidagi qiymatidan 30,0 mln. so‘mga ko‘p, deganidir. 
Demak, xom ashyo sotib olish va (yoki) tovar-moddiy zaxiralarga kiritilgan tovar 
ishlab chiqarishga 30,0 mln. so‘m sarflangan va bu xarajatlar sof foyda 
hisoblanayotganda inobatga olinmagan. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi 
asosida operatsion faoliyatdan olingan tushum
ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun 
birinchi ko‘rsatkichdan 30,0 mln. so‘m (ya’ni, 2019-yilda tovar-moddiy boyliklar 
qiymati oshishi)ni ayirib tashlash kerak. 
Hisobotning to‘rtinchi moddasi (bo‘limi)da to‘lanishi kerak bo‘lgan summa 
(kreditorlik qarzi)ning 12,0 mln. so‘mga oshgani aks ettirilgan. Bu son “XYZ”
  
korxonasining hisobot yilida sotilgan tovarlari tannarxi (110,0 mln. so‘m) va unga 
mahsulot (mol) yetkazib beruvchilar va xodimlarga to‘langan pul miqdori (hajmi) 
o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassam etadi. Sof foyda hisoblanayotganda 110,0 mln. 
so‘m to‘liqligicha chiqarib tashlanadi. O‘z navbatida, operatsion faoliyatdan 
kelgan pul oqimlari hisobla-nayotganda esa firma haqiqatda to‘lagan faqat 98,0 
mln. so‘m chiqarib tashlanadi. Shunday qilib, sof foyda ko‘rsatkichi asosida 
ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tushum ko‘rsatkichiga ega bo‘lish uchun sof 
foyda summasiga 12,0 mln. so‘mni qo‘shish kerak.
Shunday qilib

amin bo‘ldikki, ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan pul 
tushumlari ko‘rsatkichi bilan korxonaning sof foydasi mos keladi, deb ta’kidlash 
uchun bizda hech bir asos yo‘q. Ularni bir-biriga moslashtirish uchun sof foydani, 
biz yuqorida muhokama etgan, hisobotning to‘rtta moddasi (qismi)ni hisobga 
olgan holda to‘g‘rilash kerak.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash metodi” asosida turli hisob 
yuritish standartlari qo‘llaniladigan turli mamlakatlarda o‘z sof foydasi yuzasidan 
hisobot beradigan korxonalarning iqtisodiy ko‘rsat-kichlarini taqqoslash uchun 
juda muhim.
Investitsion faoliyat munosabati bilan pul oqimlari aks ettirilgan jadvalning 
ikkinchi bo‘limida ko‘ramizki, 2019-yil davomida “XYZ” korxonasi yangi zavod 
binolari va asbob-uskunalar sotib olishga 90,0 mln. so‘m sarflagan. Hisobotning 
uchinchi bo‘limida – moliyaviy faoliyat natijasida pul oqimlari harakatida – 
korxona o‘z aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida 10,0 mln. so‘m 
to‘lagan va 94,6 mln. so‘m miqdorida qarz olgan va o‘zining qisqa muddatli 
qarzini ko‘paytirgan. 
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, aytish mumkinki, “XYZ” 
 


210 
korxonasining ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyati uning 
ixtiyoridagi pul mablag‘lariga (pullar va bozor qimmatli qog‘ozlari) ta’sir 
ko‘rsatishi natijasida ularning hajmi 2019-yil oxiriga kelib, 20,0 mln. so‘mga 
oshgan. Bu summaga quyidagi tarzda erishilgan: ishlab chiqarish operatsiyalari 
natijasida “XYZ” korxonasi 25,4 mln. so‘m miqdorida daromad olgan va bundan 
tashqari, 94,6 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha qarzolgan. Jami bu 120,0 mln. 
so‘m miqdorida tushumni hosil qiladi. Bu summadan 90,0 mln. so‘m yangi asosiy 
vositalar sotib olishga, 10,0 mln. so‘m esa aksiyadorlarga dividend to‘lashga 
sarflangan. 
Quyida keltirilgan 6-jadvalda biz yuqorida ko‘rib chiqqan moliyaviy 
hisobotning uchta asosiy turi o‘zlarining qanday jihatlari bilan bir-birlaridan 
ajralib turishi ko‘rsatilgan. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin