Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

 
2.
 
Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq 
 
Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan korxona aktivlari va 
aksiyadorlik kapitali qiymati 
balans qiymati 
deb ataladi. Korxona bitta 
aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks ettirilgan 
aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so‘mda) muomaladagi oddiy aksiyalar 
soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.
Ma`lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korxonasi aksiyalarining 2019-
yil oxiri holatiga balans qiymati (bahosi) 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo 
xuddi shu vaqtga ularning bozor qiymati (bahosi) atiga 187,20 so‘mga teng 
bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korxonasining bitta aksiyasi uchun to‘lashga tayyor 
bo‘lgan summa aynan shu summa hisoblanadi. Ammo bu qiymat korxonaning 
rasmiy balansida aks ettirilmaydi.
Bu yerda quyidagi savollarning tug‘ilishi, tabiiy: nima sababdan aksiya-
larning bozor va balans qiymati (bahosi) ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi? 
Va mas’uliyatli moliyaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxs uchun bu 
qiymat (baho)lardan qaysi biri muhimroq? 
Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz. 
Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim 
ham ularning balans qiymati (bahosi)ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy 
sabab bor: 

balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z ichiga 
olmaydi; 

firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va majburiyatlar ko‘p 
hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan 
baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi. 
Endi asosiy e’tiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko‘rib chiqishga 
qaratamiz. 
Birinchidan, buxgalteriya balanslarida, ko‘pincha, muhim iqtisodiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar qayd etilmaydi. Xususan, korxona ishlab 
chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchliligi orqasida korxona orttirgan obro‘ 
ularda aks ettirilmaydi. Shuningdek, agar firma ilmiy-texnik taraqqiyotga katta 
mablag‘ sarflab, ma’lum ilmiy baza yaratishga erishgan bo‘lsa, bu ham balansda 
o‘z ifodasini topmaydi. Yuqorida tilga olingan aktivlar 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin