Davlatiy moliya


Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda 
ma’lum davr ichida firmaning pul oqimlari kirimi va chiqimi aks ettiriladi. Aynan 
shu bilan u korxonaning barcha daromadlari va xarajatlari aks ettiriladigan 
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan farq qiladi. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxona faoliyatining moliyaviy natijalari 
to‘g‘risidagi hisobotiga, o‘ziga xos tarzda yoki ma’noda, juda foydali qo‘shimcha 
ekaniga ikkita asosiy sabab bor. Avvalo, unda butun e’tibor ma’lum vaqt 
oralig‘ida firmaning pul resurslari hajmi qanday o‘zgarishiga qaratiladi. Hatto eng 
gullab-yashnayotgan korxona ham pul resurslar zaxirasi tugab, juda og‘ir 
moliyaviy ahvolda qolishi mumkin. Agar korxona boshqaruvchilari va boshqa 
manfaatdor kishilar pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotga diqqat bilan qarasalar, pul 
qanday qilib to‘planishi va sarflanishi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari 
va kechayotgan jarayonlarni to‘g‘ri baholashlari mumkin. Masalan, ko‘pincha, 
tez o‘sib kelayotgan va yuqori samarali firmalarga pul resurslari yetishmaydi. 
Demak, ularda o‘zlarining moliyaviy majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq 
muammolar kelib chiqishi mumkin. 
Bundan tashqari, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot daromad va xarajatlarni 
faqat moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga kiritilgan ko‘rsatkichlar asosida 
baholashga yo‘l qo‘ymaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot “hisoblash 
usuli” deb ataladigan buxgalteriya prinsipi asosida tuziladiki, unga ko‘ra har 
qanaqa daromadni pul mablag‘lari tushumi deb bo‘lmaydi va har qanday xarajat 
ham – pulni sarflash hisoblanmaydi. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda 
aks ettirilgan sof foyda summasi, ko‘p jihatdan, korxonada shu ko‘rsatkichni 
baholash uchun qabul qilingan yondashuvga, masalan, tovar-moddiy zaxiralarni 


207 
baholash usullariga yoki firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya 
hisoblashning normativ muddatlariga bog‘liq. 
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda esa, unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar 
firmada qabul qilingan hisob siyosatiga bog‘liq emas. Shunday qilib, ushbu ikki 
hisobot o‘rtasidagi farqni o‘rganar ekan, tahlilchi firmada qabul qilingan hisob 
siyosati firmaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga qay darajada ta’sir qilishini 
aniqlashi mumkin. 
Keling, buni 5-jadvalda keltirilgan “XYZ”
 
korxonasining 2019-yilgi pul 
oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti misolida ko‘rib chiqamiz. 
Jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hisobotda pul oqimlari uchta 
bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu bo‘limlar: 
a)
operatsion (ishlab chiqarish) faoliyat
b)
investitsion faoliyat; 
c)
moliyaviy faoliyatdan olinadigan pul mablag‘lari kirimi va chiqimi 
ko‘rsatadi.
Keling, endi shu uchta bo‘limning har birini batafsil o‘rganib chiqishga 
harakat qilaylik. 
Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari, eng avvalo, firma o‘z mahsulotini 
sotishdan tushgan pul tushumini hamda materiallarga va mehnat haqini to‘lashga 
ketgan xarajatlarni aks ettiradi. E’tibor bering, “XYZ”
 
korxonasining 2019-yilda 
operatsion faoliyatdan olgan yakuniy pul tushumlari 25,4 mln. so‘mni tashkil 
etgan. Bir vaqtning o‘zida esa, sof foyda 23,4 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bu 
o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bu farq qayerdan keldi? 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin