Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

  
korxonasining majburiyatlari aks ettiriladi. 
To‘lovini bir yil ichida amalga oshirishi kerak bo‘lgan majburiyatlar qisqa 
muddatli majburiyatlar deb ataladi. Ba’zida ularni qisqa muddatli qarz deb 
atashadi. “XYZ”
 
korxonasi uchun bu ko‘rsatkich to‘lanishi kerak bo‘lgan 
hisoblar (ya’ni, korxona o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashi kerak 
bo‘lgan summa – 60,0 mln. so‘m, shuningdek, ular kreditorlik qarzlari deb 
ataladi) va korxonaning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzi (90,0 mln. so‘m) 
summasidan iborat. 
Aylanma aktivlar va qisqa muddatli majburiyatlar o‘rtasidagi farq sof 
aylanma kapital deb ataladi. Balansda bu ko‘rsatkich alohida aks ettirilmaydi. 
Ammo uni hisoblash juda oson. Demak, sof aylanma kapital summasi 2018-yil 
oxiriga 150,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Buning uchun biz joriy aktivlar 
ko‘rsatkichidan (300,0 mln. so‘m) joriy majburiyatlarni (150,0 mln. so‘m) 
ayirdik. 
So‘ng “XYZ” korxonasi
  
balansining majburiyatlar guruhida uzoq muddatli 
61
Mamlakatimizda qabul qilingan hisobot shakllarida dastlab uzoq muddatli, keyin esa joriy aktivlar keltiriladi.


204 
qarzlar yoki uzoq muddatli majburiyatlar ko‘rsatilgan. Bular nominal qiymati 
150,0 mln. so‘m va to‘lash muddati 2022-yil deb belgilangan obligatsiyalardir. 
Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korxona belgilangan yillik 8% stavkasini to‘laydi. 
Bu degani “XYZ” korxonasining
  
obligatsiyalarga doir foizlarni to‘lash bo‘yicha 
har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi, demakdir. Bu xarajatlar “XYZ”
 
korxonasi faoliyatining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.
Korxona balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumot-larning eng 
oxirgi kategoriyasi uning xususiy kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning to‘langan 
qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish natijasida olingan 
summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Korxona biznesini rivojlantirishga 
yo‘naltirilgan taqsimlanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni olingan 
foydaning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.
Endi 2018-yil 31-dekabrdan 2019-yil 31-dekabrgacha “XYZ”
 
korxonasi 
balansida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz. 3-jadvaldagi 
ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga 
oshgan. Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha qarzdorlik 
ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6 
mln. so‘mga oshgan bo‘lsa, uzoq muddatli qarz majburiyatlari summasi 
oldingidek, ya’ni 150,0 mln. so‘m miqdorida qolgan. Shu davr mobaynida 
aksiyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni korxona biznesni rivojlantirish 
uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof foyda summasiga teng miqdorda ortgan. Bu 
davrda yangi aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun kapitalning to‘langan qismi 
ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin