Davlatiy moliya


Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar 
Korxona turlari
ROS
ATO
ROA
Supermarketlar tarmog‘i 
0,02 
5,0 
0,10 
Zargarlik buyumlari do’koni 
0,20 
0,5 
0,10 
Yuqorida bayon etilganlardan asosiy xulosa shuki, sotuvlar daromadliligi 
yoki aktivlar aylanib turishi koeffitsiyentining pastligi, albatta, firmaning 
moliyaviy muammolari bor degani emas. Bu koeffitsiyentlarning ikkalasini 
korxonaning faoliyat sohasini inobatga olgan holda o‘rganish kerak. Bundan 
tashqari, bir faoliyat sohasi doirasida ham doimiy farqlar bor. Masalan, 
Rolls 
Royce 
dilerlik tarmog‘i va Chevrolet tarmog‘ining aktivlar daromadliligi 
koeffitsiyenti (ROA) ko‘pincha bir xil bo‘lsa-da, 
Rolls Royce 
dilerlik 
tarmog‘ining joriy rentabellik ko‘rsatkichlari yuqoriroqligi va aktivlar aylanib 
turishi koeffitsiyenti pastroqligi bilan ajralib turadi. 
3. Moliyaviy “dastak” samarasi 
Moliyaviy “dastak” yoki moliyaviy leverij kompaniya faoliyatida qarz 
olingan pul mablag‘laridan foydalanish bo‘lib, shu mablag‘lar yordamida 
kompaniya rahbariyati ishlab chiqarish faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq 
muammolarni hal etadi. Atamani (“dastak”) tanlash fizika qonun-lari, ya’ni biron 
dastak yordamida sarflanayotgan kuchni ko‘paytirish mumkinligi qonuni bilan 
bog‘liq. Moliyaviy “dastak” samarasi yordamida kompaniya aksiyadorlari o‘z 


220 
kapitalidan foydalanish daromadliligi koeffitsiyentini (ROE) oshiradilar. Biroq 
bunda mazkur koeffitsiyentning firmaning ishlab chiqarish faoliyatidagi 
samaradorlik tebranishiga sezuvchanligi oshadi. O‘z navbatida, firmaning ishlab 
chiqarish faoliyati samaradorligi aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) 
tufayli o‘zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy “dastak” samarasidan 
foydalanar ekanlar, firma aksiyadorlari ham moliyaviy va ham ishlab chiqarish 
(operatsion) riski bilan to‘qnashadilar. 
Aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) qarz olingan mablag‘ bo‘yicha 
foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa moliyaviy “dastak” koeffitsiyenti oshganda kapital 
daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) ham oshadi. Bu – tushunarli, albatta, chunki: 
agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz 
stavkasidan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, firma investitsiya qilgan kapitaldan foyda 
oladi va foyda summasi firma o‘z kreditorlariga to‘lashi kerak bo‘lgan summadan 
yuqori bo‘ladi. Shu tufayli ortiqcha mablag‘ hosil bo‘ladi va bu mablag‘ firma 
aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Demak, kapital daromadliligi koeffitsiyenti 
ortadi. Agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha 
foiz stavkasidan past bo‘ladigan bo‘lsa, u holda aksiyadorlar bunday mablag‘ni 
yollamaslikni afzal ko‘radilar.
Masalan, faraz qilaylik, “A” kompaniyasi moliyaviy “dastak”dan 
foydalanadi. Aksincha, “B” kompaniyasi esa undan foydalanmaydi. Keling, 
kompaniyalar kapitalining daromadlilik koeffitsiyentini (ROE) ikki xil vaziyatda, 
ya’ni foiz stavkasi (1) 10,0% va (2) 15,0% bo‘lganda solishtiramiz. Natijalar 
quyidagi 9-jadvalda aks ettirilgan. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin