220
kapitalidan foydalanish daromadliligi koeffitsiyentini (ROE) oshiradilar. Biroq
bunda mazkur koeffitsiyentning firmaning ishlab
chiqarish faoliyatidagi
samaradorlik tebranishiga sezuvchanligi oshadi. O‘z navbatida, firmaning ishlab
chiqarish faoliyati samaradorligi aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA)
tufayli o‘zgaradi. Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy “dastak” samarasidan
foydalanar ekanlar, firma aksiyadorlari ham moliyaviy va ham ishlab chiqarish
(operatsion) riski bilan to‘qnashadilar.
Aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti (ROA) qarz olingan mablag‘ bo‘yicha
foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa moliyaviy “dastak” koeffitsiyenti oshganda kapital
daromadliligi koeffitsiyenti (ROE) ham oshadi. Bu – tushunarli, albatta, chunki:
agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha foiz
stavkasidan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, firma investitsiya qilgan kapitaldan foyda
oladi va foyda summasi firma o‘z kreditorlariga to‘lashi kerak bo‘lgan summadan
yuqori bo‘ladi. Shu tufayli ortiqcha mablag‘ hosil bo‘ladi va bu mablag‘ firma
aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi. Demak, kapital daromadliligi koeffitsiyenti
ortadi. Agar aktivlar daromadliligi koeffitsiyenti qarz olingan mablag‘ bo‘yicha
foiz stavkasidan past bo‘ladigan bo‘lsa, u holda aksiyadorlar bunday mablag‘ni
yollamaslikni afzal ko‘radilar.
Masalan,
faraz qilaylik, “A” kompaniyasi moliyaviy “dastak”dan
foydalanadi. Aksincha, “B” kompaniyasi esa undan foydalanmaydi. Keling,
kompaniyalar kapitalining daromadlilik koeffitsiyentini (ROE) ikki xil vaziyatda,
ya’ni foiz stavkasi (1) 10,0% va (2) 15,0% bo‘lganda solishtiramiz.
Natijalar
quyidagi 9-jadvalda aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: