223
Vaqt oralig’ida pul qiymati (pulning davriy qiymati) (TVM)
konseptsiyasini quyidagicha tushuntirish mumkin: pul (dollar, yevro, iena, rubl
yoki so’m) bugun Siz kelajakda olishni kutayotgan
xuddi shunday summadan
qimmat. Bu fikr to’g’riligiga kamida uchta sabab bor.
Birinchi sabab:
Siz bu
pullarni biron nimaga
investitsiya qilishingiz,
foyda olishingiz mumkin va
natijada pulingiz ko’payadi.
Ikkinchi sabab:
vaqt o’tishi bilan inflyatsiya tufayli
pullarning xarid qilishga qodirligi tushib ketishi mumkin.
Uchinchi sabab:
kelajakda pul olish muqarrarligiga doim ham to’liq ishonib bo’lmaydi.
1.
Murakkab foizlar va ularni hisoblash
Vaqt oralig’ida pul qiymati (pulning davriy qiymati)ni va
diskontlangan pul
oqimlari tahlilini o’rganishni murakkab foizlar tushunchasidan boshlaymiz.
Murakkab foizlarni hisoblab chiqarish yordamida
pullarning keltirilgan, yoki
boshqacha qilib aytganda, joriy qiymatdan (present value) (PV) bo’lajak qiymatga
(future value) (FV) o’tish jarayoni sodir etiladi.
Dostları ilə paylaş: