annuitet shartnomasi deb ataladi. Moliyada bu termin har qanday miqdordagi
pul to’lovlariga nisbatan qo’llaniladi. Shunday qilib, to’lovni qismlarga bo’lib
to’lash yoki ipoteka shartnomasi bo’yicha qator to’lovlar ham annuitet deb
ataladi. Agar, pul oqimlari xuddi jamg’arma rejasi yoki ijaradagidek, zudlik bilan
boshlansa, bunday shartnoma
muddatli va
tezkor annuitet (immediate annuity)
deb ataladi. Agar pul oqimi zudlik bilan emas, joriy davrning oxirida boshlansa,
bunday shartnoma
oddiy annuitet (ordinary annuity) deb ataladi. Ipoteka oddiy
annuitetga misol bo’ladi. Annuitetning bo’lajak va keltirilgan qiymatini hisoblash
uchun yanada qulay formula, jadval va funktsiyalar mavjud bo’lib, bir necha pul
oqimlari vaqtda taqsimlanganda ular zarur bo’lishi mumkin.
1) Annuitetning bo’lajak qiymati. Faraz qilaylik,
Siz keyingi uch yil davomida har yili 100 dollardan jamg’arib
borishni rejalashtirgansiz. Agar foiz stavkasi yiliga 10%ga teng bo’lsa, bu
davrning oxiriga kelib Sizda qancha pul to’planib qolishi mumkin? Sizda qancha
pul to’planishini aniqlash annuitetning bo’lajak qiymatini topish formulasidan
foydalasiz.
𝑭𝑽 = 𝑷𝑴𝑻 ∗
(𝟏 + 𝒊)
𝒏
− 𝟏
𝒊
Agar pulni zudlik bilan jamg’arishni boshlasangiz pulingiz quyidagi qiymatga teng bo’ladi: n i PV FV PMT Natija 3 10 0 ? 100 FV = 364,10 2) Annuitetning keltirilgan qiymati Ko’pincha, bizga annuitetning keltirilgan qiymatini ham bilish kerak bo’ladi.
Masalan, keyingi uch yil davomida yiliga 10 foiz foyda yoziladigan fonddan har
yili 100 dollar olib turish uchun shu fondga qancha pul qo’yishingiz kerak? Buni
aniqlash uchun annuitetning keltirilgan qiymatini topish formulasidan
foydalanasiz.