230
diskontlashning turi keltirilgan qiymatni hisoblash
diskontlangan pul oqimlari
tahlili
, yoki
ma’lum vaqt davriga keltirilgan pul oqimlari tahlili
deb
ataladi
(discounted cash flow (DCF) analysis).
Diskontlash – bu murakkab foizlarni hisoblashga teskari jarayon. Shunday
ekan keltirilgan (aylantirilgan) qiymatni hisoblab chiqish uchun biz oldin
bo’lajak qiymat koeffitsientini topish uchun foydalangan 13-jadvaldan
foydalanish mumkin. Biroq bu yerda biz bu koeffitsientga ko’paytirmaymiz,
aksincha, unga bo’lamiz. Shunday qilib, 13-jadvalda 1,6105 ni tashkil etadigan
bo’lajak qiymat koeffitsientini topamiz va 1000 dollarni shu 1,6105 ga bo’lamiz
va yillik foiz satvkasi 10% bo’lganda besh yildan keyin olinadigan 1000
dollarning keltirilgan (aylantirilgan) qiymatini topishimiz mumkin:
1000 dollar/1,6105= 620,92 dollar
Qulaylik uchun xuddi 15-jadval kabi keltirilgan
qiymat koeffitsientlari
jadvali tuzilgan bo’lib, unda 13-jadvaldagi koeffitsientlarga qarama-qarshi
koeffitsientlar keltirilgan. 15-jadvalda 10%lik diskont
stavkasi va beshta vaqt
davri uchun keltirilgan (aylantirilgan) qiymat koeffitsientini toping, u 0,6209 ga
teng bo’lishiga ishonch hosil qiling. 1 dollarning keltirilgan (aylantirilgan)
qiymatini topish uchun umumiy formula quyidagi ko’rinishga ega:
𝑷𝑽 =
𝟏
(𝟏 + 𝒊)
𝒏
Dostları ilə paylaş: