226
15-rasm. Turli davrlar va foiz stavkalarida 1 dollarning bo’lajak
qiymati
Bo’lajak qiymatni topish usullari:
1.
Moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mahsus kalkulyatorlar
mavjud. 16-rasmda oddiy moliyaviy kalkulyator klaviaturasining qanday bo’lishi
ko’rsatilgan. Tegishli klavishalarni bosgan holda, ixtiyoriy tartibda yillar soni (n),
foiz stavkasi (i) va omonat miqdorini (PV) kiritasiz, keyin bo’lajak qiymatni (FV)
hisoblab chiqarasiz. Va, javob xuddi mo’jizadagidek,
kalkulyator displeyida
paydo bo’ladi. Lotus va Excel kabi personal
kompyuterlar uchun elektron
jadvallar dasturlari bo’lajak qiymatni aniqlash uchun maxsus imkoniyatlarga ega.
2.
Shuningdek, jadvaldagi hisob-kitoblar uchun 13-jadvalda
keltirilgan
bo’lajak qiymat koeffitsientlaridan foydalanishimiz mumkin. Bizning misolda biz
n=5
va
foiz stavkasi
i=10
foizga to’g’ri keladigan
koeffitsientni topishimiz
mumkin. Jadvaldan ko’rishimiz mumkin, bu koeffitsient 1,6105 ga teng. Keyin
bizning 1000 dollarni shu koeffitsientga ko’paytiramiz.
3.
Bundan tashqari, yana bir juda qulay usul mavjud bo’lib, uning yordamida
pullaringizning bo’lajak qiymatini osongina bilib olishingiz mumkin. Bu qoida 72
qoidasi (Rule of 72) deb ataladi.
Unda aytilishicha,
pul summasi ikki barobar
ko’payishi (“ikki barobar ko’payish davri”) uchun kerak yillar sonini taxminan
bilish uchun 72 sonini yillik foizda ifodalangan foiz stavkasiga bo’lish kerak:
227
𝑰𝒌𝒌𝒊 𝒃𝒂𝒓𝒐𝒃𝒂𝒓 𝒌𝒐’𝒑𝒂𝒚𝒊𝒔𝒉 𝒅𝒂𝒗𝒓𝒊 =
𝟕𝟐
𝒇𝒐𝒊𝒛 𝒔𝒕𝒂𝒗𝒌𝒂𝒔𝒊
Shunday qilib, yillik foiz stavkasi 10% bo’lsa,
pullaringiz ikki barobar
ko’payishi uchun 7,2 yil kerak. Agar siz 1000 dollardan boshlasangiz, u holda 7,2
yildan keyin pullaringiz 2000 dollar, 14,4 yildan keyin 4000 dollar, 21,6 yildan
keyin esa 8000 dollar bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: