234
xom-cho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik
yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini
o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida
yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, uning subyekti sifatida riskga o‘z ta’sirini
o‘tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank
faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan
operatsiyalarning
samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va
boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning
xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining
xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning barcha imkoniyatlaridan to‘la
foydalanish, korxonalarni
rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib
banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini
yaratishni ko‘zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori
bozor infratuzilmasining
muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat
ahamiyatiga egadir.
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo‘jalik subyektlari qat’iy
yo‘riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo‘yicha faoliyat olib borganligi
uchun risk va uning darajasini o‘ylashga to‘g‘ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda
olish yoki zarar ko‘rish mumkinligi aniq bo‘lar edi. Ko‘rilgan
zarar odatda,
korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba’zi xollarda turli xil
yo‘qotishlar bilan birga budjet mablag‘lari hisobidan qoplanardi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish korxonalardan faoliyatning
yuqorida keltirilgan tamoyillarini o‘zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-
bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Moliya sohasini risksiz
operatsiyasi yo‘q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog‘liq bo‘lib, ularning
darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida
riskni umuman yo‘q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‘ra bilish, uni
kamaytirish choralarini ko‘rish lozim.
Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va
KurselSeneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini
shakllantirish omili
hisoblanadi
64
. 19-asrlarda odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining
64
Найт Ф.Х. Риск,неопределённость и прибыль. Пер.с англ. - М.: Дело, 2003. – С. 35.
235
shakllanishi va o‘zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi kunda
shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi.
“Risk” atamasi yevropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda
“ridsikon” so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya, cho‘qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar
tilida “risiko” so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, “risicare” so‘zi qoyadan mohirona
o‘tish ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi tahdid, qoyani aylanib
o‘tmoq ma’nosini beradi. Iqtisodiy lug‘atlarda risk – xavf-xatar,
zarar va
yo‘qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish
ma’nosida kelishi ko‘rsatilgan.
“Risk” so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib, “suv ostidagi
qoya” degan ma’noni bildiradi. Taniqli lug‘atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli
lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma’no
anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug‘atida riskka “xavf, zarar va talafot
ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining
situativ holati” degan ta’rifni bergan bo‘lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk - bu
zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar
o‘lchamidir”
65
, degan ta’rifni keltiradi.
Risk nazariyasini o‘rganishda klassik maktab
namoyondalari muhim hissa
qo‘shishgan. A.Smit risk va foyda o‘rtasidagi o‘zaro proportsionallik tushunchasini
oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta’kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo‘lgan
maydonda qonun bo‘yicha daromad kichik bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida kutilayotgan
daromad darajasini ko‘paytirish uchun usullar salmog‘i yanada ortib boradi”.
Taniqli lug‘atshunos S.Ojegovning rus tili lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga
intilish, baxtli hodisadan umid” ma’nolarini anglatadi deyilsa,
mashhur Vebstera
lug‘atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli”
66
, deb ifodalangan.
Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o‘z navbatida
oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”,
deya izohlaydi. ye.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan
daromad ola bilmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir”.
Dostları ilə paylaş: