236
Mazkur foyda esa
investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini,
tadbirkorlik
riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan,
rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning
asosiy sabablaridan biri -
risklarning mavjudligidir.
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar
ehtimolligi joriy davr
ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa
bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki to‘liq
emasligi sababli subyektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda
ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab
va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum
emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin.
Chunki
o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin
bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin.
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga
bog‘liq bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash
maqsadga muvofiqdir.
Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish
natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday
loyihalar kutilishi mumkin
bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan
hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: