n i PV FV PMT Natija 3 10 ? 0 100 PV =248,69 Umrbod renta. Muddatsiz annuitet, yoki umrbod renta (perpetuity)
annuitetlarning alohida turi hisoblanadi. Umrbod renta – abadiy davom etadigan
pul to’lovlari. XIX asrda Orshan hukumati tomonidan chiqarilgan “konsol”
obligatsiyalari umrbod rentaga yaxshi klassik misol bo’la oladi. Bu obligatsiyalar
nominali bo’yicha foizlar har yili to’lab borilgan, ammo ular qoplash muddatiga
ega bo’lmagan. Boshqa yoki yanada dolzarbroq misol sifatida imtiyozli
aktsiyalarni ko’rsatishimiz mumkin. Ular bo’yicha dividendlar har davr yakuni
bo’yicha to’lanadi (odatda, har chorakda) va bu aktsiyalarning pulini to’lab,
qaytarib olish muddati belgilanmagan.
Har qanday umrbod rentaning noqulay tarafi shundaki, Siz umrbod renta
bo’yicha to’lovlarning bo’lajak qiymatini hisoblay olmaysiz, chunki to’lovlar
abadiy davom etadi. Ammo, shunga qaramay, u juda aniq keltirilgan
(aylantirilgan) qiymatga ega. Bir qaraganda abadiy davom etadigan pul to’lovlar
hozirgi vaqtda muayyan keltirilgan (aylantirilgan) qiymatga egaligi paradoksdek
tuyuladi. Keling, yiliga 100 dollar miqdoridagi abadiy pul oqimlarini ko’rib
chiqamiz. Agar yillik foiz stavkasi 10%ni tashkil etsa, ushbu umrbod rentaning
bugungi kundagi qiymati qancha?
Javob: 1000 dollar. Biz bu natijani qanday olganimizni bilishni istasangiz,
umr bo’yi har yili 100 dollardan olib turish uchun foiz stavkasi 10%ni tashkil
etadigan bankdagi hisob raqamiga qancha pul qo’yishingiz kerakligini o’ylab
ko’ring. Agar Siz hisob raqamiga 1000 dollar qo’ygan bo’lganingizda edi, u holda
birinchi yil oxiriga kelib, hisobingizda 1100 dollar bo’lgan bo’lar edi. Siz
hisobdan 100 dollarni olib, 1000 dollarni keyingi yilga qoldirgan bo’lar edingiz.
Ko’rinib turibdiki, agar foiz stavkasi yiliga 10% darajasida saqlanib qolgan
bo’lganda va Sizda barhayotlik malhami bor bo’lganda, Siz bu amalni abadiy
davom ettirishingiz mumkin bo’lar edi.
Aytilganlarga yakun yasab, aytish mumkinki umrbod rentaning keltirilgan
(aylantirilgan) qiymatini hisoblash formulasi quyidagi ko’rinishga ega:
𝐔𝐦𝐫𝐛𝐨𝐝 𝐫𝐞𝐧𝐭𝐚𝐧𝐢𝐧𝐠 𝑷𝑽 𝐪𝐢𝐲𝐦𝐚𝐭𝐢 =
𝑪
𝒊
Bu yerda: C – davriy to’lovlar;
i – o’nlik kasrda ifodalangan foiz stavkasi.
Bu n =∞ bo’lgan oddiy annuitetning keltirilgan qiymatidir.