243
Markaziy banklar – bu asosiy funksiyasi moliyaviy bozorning ma’lum
parametrlariga, masalan, muomaladagi pul miqdoriga ta’sir etish orqali davlat
siyosati vazifalarini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lgan
moliyaviy vositachilardir. Markaziy banklar faoliyati ba’zi davlatlarda davlat
ijroiya organlarining bevosita nazorati ostida bo‘lsa, boshqa davlatlarda ular
ma’lum darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar
67
.
Bank ma’lum bir davlatning markaziy banki ekanligini ko‘pincha uning
nomiga qarab bilib olish mumkin:
Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii
va hokazo. Biroq, masalan, markaziy bank AQShda
Federal Reserve System
(Federal zahira tizimi), Germaniyada esa
Bundesbank
deb ataladi.
Markaziy bank odatda davlat to‘lov tizimining yuragi hisoblanadi. U
davlatni milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning
boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi
kamida o‘rtacha bo‘lishi
va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb
ko‘rishlari shart.
Biroq, ko‘p davlatlarda ulardan aholining to‘liq bandligini hamda davlat
iqtisodiy o‘sishini ta’minlash kabi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan
harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri
bilan nizoli maqsadlarni balansga keltirish: narxlar barqarorligini va aholining
to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.
Mamlakatimizda Markaziy bankning asosiy
maqsadlari quyidagilardan
iborat:
narxlari barqarorligi;
bank tizimining barqarorligi va rivojlanishi;
to‘lov tizimining barqarorligi va rivojlanishi.
Belgilanishicha, foyda olish Markaziy bankning asosiy maqsadi emas.
Bundan tashqari, Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
pul-kredit siyosati va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilishni tashkil etish va
amalga oshirish;
bank tizimining barqarorligini ta'minlash, mikrokredit tashkilotlari va
lombardlar faoliyatiga ko‘maklashish;
O‘zbekiston
Respublikasida
to‘lov
tizimlarining
faoliyatini
muvofiqlashtirish va ta'minlash;
67
AQSh Markaziy banki (
Federal Reserve System –
Federal zahira tizimi) davlatga nisbatan yuqori darajadagi
mustaqillikka ega. Uning tarkibiga 7 a’zodan iborat bo‘lgan va Kolumbiya shtatidagi Vashington shahrida
joylashgan boshqaruvchilar kengashidan tarkib topgan 12ta mintaqaviy bank kiradi. Biroq, shuni ham qayd etish
joizki, boshqaruvchilar kengashining barcha 7 a’zolari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va mamlakatning
Senati tomonidan tasdiqlanadi.
244
banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta
birjasi va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash
va tartibga solish;
banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit
byurolarini nazorat qilish;
bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini himoya qilishni ta'minlash,
aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish;
bank, pul-kredit statistikasi shakllantirish va e'lon qilish;
tashqi sektor statistikasi, shu jumladan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya
pozitsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzlari, zaxiraviy aktivlari va
valyuta kurslarini shakllantirish va e'lon qilish;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralarini boshqarish, hisobga
olish va saqlash.
Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega emas:
moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish;
tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish;
uchinchi
shaxslarga,
shu
jumladan O‘zbekiston Respublikasi
hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish;
banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitalida ishtirok etish, bunda
valyuta birjasi kapitallaridagi ishtirok etish istisnodir.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hisobot beradi.
Oliy
Majlis
Senati
O‘zbekiston
Respublikasi
prezidentining
taqdimnomasiga binoan Markaziy bank raisini
lavozimga tayinlaydi va
lavozimidan ozod qiladi; yillik hisobotni, shuningdek auditor xulosasini ko‘rib
chiqadi.
Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlarni qabul qilishda
mustaqildir.
Davlat Markaziy bankning va Markaziy bankning davlatning majburiyatlari
bo‘yicha, agar ular o‘zlari bunday majburiyatlarni o‘z zimmalariga olgan
bo‘lmasa yoki qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa,
javobgar emas.
Markaziy bankning auditi har yili mustaqil nazorat tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Modomiki, davlat qonun yaratuvchi va ularning bajarilishini nazorat
qiluvchi organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq
javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda
ham, boshqa davlatlarda ham moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha ba’zi
masalalarni bajarish ma’lum bir moliyaviy sektor qatnashchilari assotsiatsiyasi
245
yoki fond birjalariga o‘xshash xususiy sektor muassasalarining vakolatiga
o‘tkaziladi.
Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC
– Securities Exchange Commission) tashkil etilgan. Xuddi shunday Komissiya,
xususan, O‘zbekistonda ham mavjud. Uning asosiy vazifasi har bir yangi
qimmatli qog‘ozlarni ommaviy chiqarishda firmalar tomonidan taqdim etilishi
lozim bo‘lgan ular faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot hajmiga bo‘lgan aniq
talablarni ishlab chiqishdan iborat. Boshqa davlatlarda
ham shu kabi tartibga
soluvchi organlar mavjud.
Biroq, davlat moliyaviy tizimni tartibga soluvchi organ rolini o‘ynagani
bilan bir qatorda, u mazkur tizimdan o‘z siyosatining boshqa maqsadlariga
erishish uchun foydalanadi. Misol tariqasida hukumatning pul-kredit siyosatini
iqtisodiy o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi
uchun foydalanishini keltirish mumkin. Keyingi o‘rinlarda biz u yoki bu
moliyaviy tizim sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy maqsadlarga
yetishish uchun ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan
ba’zi davlat tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Dostları ilə paylaş: