Davlatiy moliya


 Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar 
Bu guruh tashkilotlar iqtisodiy faoliyatning o‘ziga xos turlarini 
rag‘batlantirish maqsadida tuzilgan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu 
korxonalar faoliyati moliyalashtirish jarayonini yengillashtiradi yoki ular 
muayyan guruhdagi mijozlarga har xil turdagi qarzga oid instrument (vosita)larni 
taqdim etadilar. Bunga misol tariqasida fermerlar, talabalar, kichik korxonalar, 
yangi uylarni sotib oluvchilar va boshqalarga qarz beruvchi yoki qarzni 
kafolatlovchi davlat agentliklarini ko‘rsatish mumkin.
Davlat tashkilotlarining boshqa guruhi bank omonatlarining sug‘urtasi 
uchun tashkil etilgan agentliklar sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy 
funksiyasi moliyaviy tizimning barcha qismida yoxud uning qaysidir bir qismida 
iqtisodiy 
inqirozlarning 
oldini 
olish 
orqali 
iqtisodiy 
barqarorlikka 
ko‘maklashishdan iborat.
Bu rejada eng yomon ssenariy bank sarosimasi hisoblanadi. Omonat-chilar, 
agar pullarining ishonchli joyda turganligi va istagan paytda ularni qaytarib 
olishlariga ishonishsa, o‘z omonatlarini banklarda saqlashga rozi bo‘ladilar. Shu 
bilan birga, banklarda nolikvid va riskli aktivlar mavjudligi va bu aktivlar 
bankning omonatchilar oldidagi majburiyatlarini ta’minlash uchun xizmat qilishi 
ham ularga ma’lum. Agar omonatchilar qaysidir paytda o‘z omonatlarini to‘liq 
miqdorda qaytarib olishlariga ishonishmasa, ular sarosimaga tushib, bankka qarab 


246 
yugurishadi va birinchi bo‘lib navbatga turishga va imkon qadar tezroq o‘z 
pullarini qaytarib olishga urinishadi. 
Bu kabi holat bankni o‘z riskli aktivlarining bir qismini pulga sotishga 
majbur qiladi. Agar omonatlarni ta’minlovchi aktivlar nolikvid bo‘lsa, ularni 
tezroq sotish zaruriyati bankka bu aktivlarni o‘z narxidan past narxlarda sotishga 
to‘g‘ri kelishini bildiradi. Agar qaysidir bankda omonatchilar bilan hisob-kitob 
qilish uchun mablag‘ yetishmasa, “yuqtirish riski” paydo bo‘ladi va yuqorida 
keltirilgan holat boshqa muassasalarda ham takrorlanishi mumkin. Biroq 
“yuqtirish” muammosi “naqdga yopishish” deb ataladigan holatda, ya’ni odamlar 
hech bir bankda omonatlarini qoldirmasdan, ularni naqd pul ko‘rinishida ushlab 
turishga harakat qilishgan taqdirda umumiy moliyaviy tizimga xavf solishi 
mumkin. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin