238
b)
valyuta riski;
c)
foiz stavkasini o‘zgarish riskidir.
Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka
kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay
olmaslik riski.
Valyuta riski- bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va
hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori
bo‘ladi.
Foiz stavkasining o‘zgarish riski- bu risk kredit resurslari o‘zgaruvchan
stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi.
Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy
jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar
yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin.
Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el investorlari va kreditorlari
ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan
bog‘liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida
qo‘llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni
o‘zgartirishi bilan bog‘liq.
Ma’muriy risklar- loyiha korxonalari va loyiha faoliyatining boshqa
ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli
litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bilan bog‘liq.
Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv
risklari bilan bog‘liq.
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri
bo‘lib, unga yer silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy
hodisalar.
Dostları ilə paylaş: