251
ishlab chiqarish vositalari samaradorligi
– shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik,
zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘-dan
kutilayotgan daromadlilik stavkalari;
ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan
noaniqlik darajasi;
insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari –
insonlarning kelajakda emas,
aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari;
riskni yoqtirmaslik – investitsiya riskini qisqartirish maqsadida
daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni.
Asosiy funksiyasi mijozlarni ular moliya
bozorida bevosita opera-
tsiyalaridan olishlari mumkin bo‘lgan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarga
nisbatan yuqori samarali moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan
iborat firmalarga moliyaviy vositachilar deyiladi.
Moliyaviy vositachilarning
asosiy turlari ichida banklar, investitsiya va sug‘urta
korxonalarini keltirish
mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlari: chek hisobvaraqlari,
kreditlar,
ipotekalar, o‘zaro jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlari va sug‘urta
shartnomalarining keng diapazoni kabilarni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: