11-jadval Bo’lajak qiymat va murakkab foizlar Yillar Yil boshidagi omonat (dollar) Yozilgan foizlar (dollar) Yil oxiridagi omonat (dollar) 1 1000,00
100,00
1100,00
2 1100,00
110,00
1210,00
3 1210,00
121,00
1331,00
4 1331,00
133,10
1464,10
5 1464,10
146,41
1610,51
Murakkab foizlar summasi 610,51 Demak, bo’lajak qiymatini quyidagi formula bo’yicha bilish (hisoblash)
mumkin:
FV =PV x (1+i) n Bu yerda, Bo’lajak qiymat koeffitsienti = (1+i) n Agar 11-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib, 14-rasmni vujudga
keltiradigan bo’lsak, ko’ramizki o’sish qisman murakkab foizlar, qisman oddiy
foizlar tufayli yuz bergan. Garchi oddiy foizlarning umumiy qiymati har yili bir
xil summaga (100 dollar) ko’paysa-da, murakkab foizlarning umumiy qiymati
borgan sari katta summaga ortadi. Sababi, murakkab foizlar oldin yozil gan barcha
foizlarning 10 foizi miqdorida hisoblanadi.
Yiliga 10%li stavka bilan besh yil muddatga qo’yilgan har qanday pul
summasining bo’lajak qiymatini uni (1610,51) bo’lajak qiymat koeffitsientiga
ko’paytirgan holda topish mumkin. Shunday qilib, yiliga 10% miqdorida qarz
stavkasi bilan bankka besh yil muddatga qo’yilgan 500 dollarning bo’lajak
qiymati quyidagicha bo’ladi:
500 dollar x 1610,51 = 805,255 dollarga teng. Foiz stavkasi qanchalik
yuqori, pul qo’yiladigan muddat qanchalik uzoq bo’lsa, bo’lajak qiymat
225
koeffitsienti shuncha katta bo’ladi. 12-jadval va 15-rasmda turli foiz stavkalari va
turli omonat muddati uchun ushbu o’zaro aloqadorlik ko’rsatilgan.