212
ataladi
va ayonki, ular firmaning bozor qiymati oshishiga ko‘p jihatdan ta’sir
qiladi va ular moliyaviy qaror qabul qilishda e’tiborga olinishi kerak.
Buxgalterlar o‘z firmasi balansiga ba’zi nomoddiy aktivlarni kiritadilar.
Ammo bu narsa ularning bozor qiymati (bahosi) bo‘yicha amalga oshirilmaydi.
Masalan, firma boshqa firmadan patent sotib olsa, patent qiymati balans
aktivining tegishli qismida aks ettiriladi va unga amortizatsiya ajratmalari
hisoblanadi.
Bundan tashqari, korxona boshqa korxonani uning balans qiymati
dan qimmat bahoda sotib olsa, buxgalter sotib oluvchi firma balansiga nomoddiy
aktivni qo‘shadi. Bu aktiv
gudvil
yoki
firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si
(goodwill) deb ataladi. Firmaning ishbilarmon sifatida obro‘si – bu u sotib olingan
bozor qiymati va uning balans qiymati ‘rtasidagi farqdan iboratdir. Ammo,
yuqorida tilga olingan, buxgalteriya balansida
aks ettiriladigan nomoddiy
aktivlardan farqli o‘laroq, ko‘plab boshqa aktivlar borki, ular buxgalteriya
balansida qayd etilmaydi.
Bundan tashqari, buxgalteriya balanslarida
firma uchun iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‘lgan uning ko‘plab majburiyatlari aks ettirilmaydi. Masalan,
balansda firma sud jarayonida javobgar sifatida qatnashayotgani o‘z ifodasini
topmaydi. Bunday shartli majburiyatlarning mavjudligi va ularning hajmi, nari
borsa, moliyaviy hisobotga ilovada ko‘rsatiladi.
Keling, endi moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida baholarning qaysi
biri inobatga olinishi kerakligini ko‘rib chiqamiz – bozor bahosimi yoki balans
bahosi (qiymati)? Deyarli barcha hollarda bozor bahosi hisobga olinadi. Masalan,
faraz
qilaylik, “Alfa” korxonasi bundan uch yil avval 39,0 mln. so‘mga
kompyuterlar uchun sistema bloki korpuslari ishlab chiqaradigan uskuna sotib
oldi va bugungi kunga kelib, ushbu uskunaning balansi qiymati uch yillik
amortizatsiyani inobatga olganda 26,0 mln so‘mga teng. Ammo,
zamonaviy
ishlab chiqarish jarayonida yuz berayotgan kompyuter korpuslari ishlab chiqarish
texnologiyasidagi o‘zgarishlar sababli ushbu uskunaning bozor qiymati 12,0 mln
so‘mdan oshmaydi.
Endi faraz qiling, Siz eski uskunani zamonaviy uskunaga almashtirish
to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz kerak. Xo‘sh, bunda taqqoslash uchun qaysi
qiymat (baho)ni inobatga olish kerak? Agar soliq to‘lash
masalasini hisobga
olmasak, bizga iqtisodiy nazariyaning asosiy prinsiplaridan ma’lumki,
aktivlarning haqiqiy qiymati ni hammadan aniq ulardan foydalanishning eng
yaxshi muqobil varianti ko‘rsatib beradi. Ayonki, ushbu muqobil qiymat balansda
ko‘rsatilgan qiymatga nisbatan uskunaning bozor qiymati ga (12,0 mln so‘m.) eng
yaqin qiymatdir.
Shuni alohida qayd etish kerakki, so‘nggi yillarda buxgalterlar hisobotlarni
ko‘proq aktivlar va majburiyatlarning bozor qiymati (bahosi) asosida olib
213
bormoqdalar. Bu esa buxgalteriya ma’lumotlaridan moliyaviy qaror qabul
qilishda foydalanish mumkinligidan dalolat beradi.
Shu nuqtai-nazardan,
korxonalarning pensiya fondlariga kirgan aktivlari bugungi kunda balanslarda
dastlabki sotib olingan qiymati (bahosi) bo‘yicha emas, balki o‘zining bozor
qiymati (bahosi) bo‘yicha aks ettirilishini aytishning o‘zi kifoya. Amaliyotda
bozor narxlarining joriy o‘zgarishini qayd qilish va ular asosida hisobot tuzish
uchun firmaning aktivlari va majburiyatlarini har kuni
qayta baholash jarayoni
Dostları ilə paylaş: