2. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq Buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ko‘rsatilgan korxona aktivlari va
aksiyadorlik kapitali qiymati
balans qiymati deb ataladi. Korxona bitta
aksiyasining balans qiymati – bu firmaning rasmiy balansida aks ettirilgan
aksiyadorlik kapitali umumiy summasini (so‘mda) muomaladagi oddiy aksiyalar
soniga bo‘lish natijasida olingan qiymatdir.
Ma`lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ” korxonasi aksiyalarining 2019-
yil oxiri holatiga balans qiymati (bahosi) 313,40 so‘mni tashkil etgan. Ammo
xuddi shu vaqtga ularning bozor qiymati (bahosi) atiga 187,20 so‘mga teng
bo‘lgan. Investorlar “XYZ” korxonasining bitta aksiyasi uchun to‘lashga tayyor
bo‘lgan summa aynan shu summa hisoblanadi. Ammo bu qiymat korxonaning
rasmiy balansida aks ettirilmaydi.
Bu yerda quyidagi savollarning tug‘ilishi, tabiiy: nima sababdan aksiya-
larning bozor va balans qiymati (bahosi) ko‘rsatkichlari bir-biridan farq qiladi?
Va mas’uliyatli moliyaviy qaror qabul qilishi lozim bo‘lgan shaxs uchun bu
qiymat (baho)lardan qaysi biri muhimroq?
Ushbu masalalar juda muhim bo‘lganligi uchun ularni batafsil o‘rganamiz.
Dastlab shuni qayd etish lozimki, aksiyalarning bozor qiymati (bahosi) doim
ham ularning balans qiymati (bahosi)ga mos kelmasligiga quyidagi ikkita asosiy
sabab bor:
balans qiymati firmaning barcha aktivlari va majburiyatlarini o‘z ichiga
olmaydi;
firmaning rasmiy balansiga kiritilgan aktivlar va majburiyatlar ko‘p
hollarda joriy bozor qiymati bo‘yicha emas, balki dastlabki qiymati bilan
baholanib, ulardan amortizatsiya chiqarib tashlanadi.
Endi asosiy e’tiborimizni ana shu ikkala sababni batafsil ko‘rib chiqishga
qaratamiz.
Birinchidan, buxgalteriya balanslarida, ko‘pincha, muhim iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‘lgan aktivlar qayd etilmaydi. Xususan, korxona ishlab
chiqaradigan tovarlar sifati va ishonchliligi orqasida korxona orttirgan obro‘
ularda aks ettirilmaydi. Shuningdek, agar firma ilmiy-texnik taraqqiyotga katta
mablag‘ sarflab, ma’lum ilmiy baza yaratishga erishgan bo‘lsa, bu ham balansda
o‘z ifodasini topmaydi. Yuqorida tilga olingan aktivlar