207
baholash usullariga yoki firmaning moddiy va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya
hisoblashning normativ muddatlariga bog‘liq.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda esa, unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar
firmada qabul qilingan hisob siyosatiga bog‘liq emas. Shunday qilib, ushbu ikki
hisobot o‘rtasidagi farqni o‘rganar ekan, tahlilchi firmada qabul qilingan hisob
siyosati firmaning moliyaviy ko‘rsatkichlariga qay darajada ta’sir
qilishini
aniqlashi mumkin.
Keling, buni 5-jadvalda keltirilgan “XYZ”
korxonasining 2019-yilgi pul
oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti misolida ko‘rib chiqamiz.
Jadval ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, hisobotda pul oqimlari uchta
bo‘limga ajratib ko‘rsatilgan. Bu bo‘limlar:
a)
operatsion (ishlab chiqarish)
faoliyat;
b)
investitsion faoliyat;
c)
moliyaviy faoliyatdan olinadigan pul mablag‘lari kirimi va chiqimi
ko‘rsatadi.
Keling, endi shu uchta bo‘limning har birini batafsil o‘rganib
chiqishga
harakat qilaylik.
Operatsion (asosiy) faoliyat pul oqimlari, eng avvalo, firma o‘z mahsulotini
sotishdan tushgan pul tushumini hamda materiallarga va mehnat haqini to‘lashga
ketgan xarajatlarni aks ettiradi. E’tibor bering, “XYZ”
korxonasining 2019-yilda
operatsion faoliyatdan olgan yakuniy pul tushumlari 25,4 mln. so‘mni tashkil
etgan. Bir vaqtning o‘zida esa, sof foyda 23,4 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bu
o‘rinda quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bu farq qayerdan keldi?
Dostları ilə paylaş: