204
qarzlar yoki uzoq muddatli majburiyatlar ko‘rsatilgan.
Bular nominal qiymati
150,0 mln. so‘m va to‘lash muddati 2022-yil deb belgilangan obligatsiyalardir.
Ushbu majburiyatlar bo‘yicha korxona belgilangan yillik 8% stavkasini to‘laydi.
Bu degani “XYZ” korxonasining
obligatsiyalarga doir foizlarni to‘lash bo‘yicha
har yillik xarajat 12,0 mln. so‘mni tashkil etadi, demakdir. Bu xarajatlar “XYZ”
korxonasi faoliyatining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.
Korxona balansidagi aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumot-larning eng
oxirgi kategoriyasi uning xususiy kapitalidir. Unga ko‘ra kapitalning to‘langan
qismi, ya’ni o‘tmishda oddiy aksiyalarni muomalaga chiqarish natijasida olingan
summa 200,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Korxona
biznesini rivojlantirishga
yo‘naltirilgan taqsimlanmagan (ushlab qolingan) daromad, ya’ni olingan
foydaning jami ko‘rsatkichi esa – 100,0 mln. so‘mga teng bo‘lgan.
Endi 2018-yil 31-dekabrdan 2019-yil 31-dekabrgacha “XYZ”
korxonasi
balansida yuz bergan o‘zgarishlarni ko‘rib chiqamiz. 3-jadvaldagi
ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mazkur davr oralig‘ida jami aktivlar 20%ga
oshgan. Shuningdek, to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobvaraqlari bo‘yicha qarzdorlik
ham ortgan. Bir vaqtning o‘zida, qisqa muddatli qarzlar bo‘yicha qarzdorlik 94,6
mln. so‘mga oshgan bo‘lsa, uzoq muddatli
qarz majburiyatlari summasi
oldingidek, ya’ni 150,0 mln. so‘m miqdorida qolgan. Shu davr mobaynida
aksiyadorlik kapitali ham 13,4 mln. so‘mga, ya’ni korxona biznesni rivojlantirish
uchun qoldirgan taqsimlanmagan sof foyda summasiga teng miqdorda ortgan. Bu
davrda yangi aksiyalar chiqarilmagan. Shuning uchun kapitalning to‘langan qismi
ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.
Dostları ilə paylaş: