202
ataydilar. Korxonalarda sof qiymat aksiyadorlik kapitali qiymati deb ataladi.
Mamlakatimizdagi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS), AQShda
esa qabul qilingan va buxgalteriya hisobi bo‘yicha
xalqaro standartlarni aks
ettiradigan Buxgalteriya hisobi yuritishning umumiy prinsiplari va qoidalariga
(GAAP – generally accepted accounting principles) muvofiq korxona balansida
aks
etilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital qiymati o‘zining
boshlang‘ich qiymatiga (historical value) ko‘ra baholanishi kerak. Bu qoidalar
Moliyaviy hisob Stanlartlari bo‘yicha Kengash (AQSh)
tomonidan vaqti-vaqti
bilan qayta ko‘rib chiqiladi va o‘zgartirishlar kiritiladi. Aksiyalari AQSh fond
birjasida rasmiy sotuvga qo‘yilishini istagan har
qanday xorijiy va Amerika
korxonasi hisobotlarni mazkur buxgalteriya hisobi standartlari asosida olib
borishi va Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyaga (SEC) moliyaviy
hisobot
taqdim etgan holda, o‘z faoliyati yuzasidan muntazam hisobot berishi
kerak.
3-jadvalda “XYZ”
korxonasining
turli davrlar, misol uchun, 2018-yil va
2019-yil oxiriga balansi keltirilgan. Keling, avval 2019-yil 31-dekabr
holatiga,
ya’ni 2020-yil boshiga tuzilgan balansni ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: