201
dastlabki
hisobotlar, balans va pul oqimlari to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlar
ekanlar, menejerlar alohida rejalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
nazorat
qilishlari va firmaning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan umumiy ehtiyojini
aniqlashlari kerak. Rejalashtirish jarayonida ushbu standart moliyaviy hisobotlar
boshqa shablonlarga almashtirilishi mumkin. Ammo, standart hujjatlar –
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va balansning asosiy afzalligi shundaki,
ular
bilan ishlaydiganlar, odatda, professional tayyorgarligi va maxsus
ma’lumotga ega bo‘lganliklari tufayli mazkur hujjatlar
bilan yaxshi tanish
bo‘ladilar.
Moliyaviy hisobotlarning, asosan, uchta turiga bo’linadi(13-rasm).
Moliyaviy hisobotlarning uchta turi nimadan iboratligini aniq tushuntirib
berish uchun,
misol tariqasida, “XYZ”
korxonasiga tegishli bo‘lgan
ma’lumotlardan foydalanamiz. Aytaylik, “XYZ”
- bu 10 yil avval tashkil etilgan
korxona. U kundalik ehtiyoj mollari ishlab chiqarish va ularni sotish bilan
shug‘ullanadi.
Keyingi o‘rinlarida navbatma-navbat keltirilgan jadvallarda “XYZ”
korxonasining balansi, bu korxona faoliyatining moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisoboti va uning pul oqimlari to‘g‘risidagi hisoboti keltirilgan.
Ular dunyo
taraqqiy etgan mamlakat-larining har qanday ishlab chiqarish korxonasi uchun
xos. Quyida moliyaviy hisobotlarning har bir turi
bilan batafsilroq tanishib
chiqishni taklif etamiz.
Dostları ilə paylaş: