7. Axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi ko‘pgina firmalar, qo‘shimcha faoliyat
sifatida xilma-xil moliyaviy axborotlarni yig‘ish va tarqatish bilan
shug‘ullanishadi. Biroq, faoliyatning aynan ushbu sohasiga ixtisoslashgan
korxonalar mavjud. Reyting agentliklari axborot xizmatlarini ko‘rsatuvchi eski
korxonalardan hisoblanadi. Masalan,
Moody's va
Standard & Poor's reyting
agentliklari qimmatbaho qog‘oz emitentlarining kredit reytingini,
Best's firmasi
esa – sug‘urta sohasidagi kredit reytingini aniqlashga ixtisoslashgan. So‘nggi
yillarda turli xizmatlar taklif etuvchi korxonalar doirasida moliyaviy
ko‘rsatkichlar tahlilini o‘tkazish bo‘yicha (masalan,
Bloomberg va
Reuters) yoki
turli xil o‘zaro fondlarning faoliyati natijalari to‘g‘risida statistik ma’lumotlar
taqdim etish bo‘yicha (masalan,
Upper, Momingstar va
SEI) firma va bo‘limlar
tobora ko‘p paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda, jumladan, ko‘proq tijorat
banklarining faoliyatini xarak-terlaydigan ma’lumotlarni taqdim etuvchi bunday
firmalardan biri “Axborreyting”dir.
11-MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOT FUNKSIYALARI VA ULARNING TURLARI REJA: 1. Moliyaviy hisobot funksiyalari va turlari. 2. Bozor va balans bahosi (qiymati) o‘rtasidagi farq. 3. Foydaning buxgalteriya va iqtisodiy mezonlari. 1. Moliyaviy hisobot funksiyalari va turlari Moliyaviy hisobotlar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan funksiyalarni
chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (12-rasm). Demak, ko‘rinib turibdiki,
eng umumiy tarzda qayd etiladigan bo‘lsa, moliyaviy hisobotlar uchta muhim
iqtisodiy funksiyani bajaradi. Ularning birinchisi shundan iboratki, unga ko‘ra
moliyaviy hisobotlar firmaning egalari va kreditorlariga firmaning joriy moliyaviy ahvoli hamda o‘tgan davrda uning faoliyati qanchalik samarali