197
xodimning ish beruvchisi va, odatda, xodimning o‘zi muntazam ravishda badal
to‘lab boradilar. Pensiyaga chiqqandan keyin xodim o‘z pensiya jamg‘armasida
to‘plagan mablag‘iga teng summaga ega bo‘ladi.
Rag‘batlantirish pensiya dasturi xodimning pensiya imtiyozlari muayyan
formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, ko‘p hollarda uning
ish haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy formulaga
ko‘ra xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan davridagi o‘rtacha ish
haqidan 1% hisoblanishi ko‘zda tutilgan.
Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan
tashkilot, yoki tashkilot yollagan sug‘urta korxonasi o‘zini sug‘urta qilgan kishiga
bo‘lajak to‘lovlarni kafolatlaydi va shu tariqa investitsion riskni butunlay istisno
qiladi. Ba’zi
mamlakatlarda, masalan Germaniya,
Yaponiya va AQShda
homiylarning qarilik nafaqasi to‘lanishi borasidagi kafolatlari ma’lum darajada
davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Dostları ilə paylaş: