Davlatiy moliya


-rasm .  Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

10-rasm
.
 Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari darajasiga 
ta’sir etuvchi asosiy omillar 
Ishlab chiqarish vositalaridan kutilayotgan samaradorlik. 
Investor 
tomonidan kutilayotgan daromadlilik stavkasi miqdoriga ta’sir qiluvchi birinchi 
omil ishlab chiqarish vositalari samaradorligi hisoblanadi. Ma’lumki, boshqa 
narsalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan narsalar 
ishlab chiqarish vositalari 
hisoblanadi. Shaxtalar, yo‘llar, kanallar, to‘g‘onlar, elektrostansiyalar, zavodlar, 
mashinalar va tovar-moddiy zaxi-ralarni ishlab chiqarish vositalariga misol 
sifatida keltirishimiz mumkin. Kapitalning ushbu fizik aspektidan tashqari, 
“kapital” tushunchasiga unumdorlikni oshirishga yordam beruvchi
patentlar, 
shartnomalar, formulalar, firma nomlari, shuningdek ishlab chiqarish va ta’minot 
strukturasi kiradi. Bunday ushlab bo‘lmas narsalar ko‘pincha ilmiy-tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlanmalari va reklamaga ketgan xarajatlar natijasi 
hisoblanadi. 
Bir yilda kapitaldan foydalanish samaradorligini kiritilgan kapi-talning 
daromadlilik stavkasi deb nomlanuvchi foizli ko‘rsatkich sifatida ta’riflash 
mumkin. Aynan shu daromad fir-malar tomonidan chiqarilgan aksiya, obligatsiya 
va boshqa moliyaviy instrumentlar egalariga dividend va foizlar to‘lab berish 
manbai hisoblanadi. Ushbu hamma instrumentlar kapitaldan foydalanish orqali 
keladigan daromad qismiga talabni bildiradi. Qo‘yilgan kapi-talning kutilayotgan 
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkalari 
darajasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar
Ishlab chiqarish 
vositalarining 
samaradorligi 
Ishlab chiqarish 
vositalarini 
ishlatish 
samaradorligiga 
nisbatan noaniqlik 
darajasi 
Odamlarning 
vaqtinchalik 
nimanidir afzal
ko’rishi 
Riskni 
yoqtirmaslik 
(maqsadga 
muvofiq 
ko’rmaslik) 


193 
daromadlilik stavkasi investitsiya vaqti va joyiga, iqtisodiyotning holatiga, 
boshqa ishlab chiqarish omillarining, ya’ni tabiiy resurslar va ishchi kuchining 
yetarlilik darajasiga, ushbu kapitaldan foydalanib ishlab chiqarilishi mumkin 
bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning talab darajasiga bog‘liqdir. Qo‘yilgan
kapitalning kutilayotgan daromadlilik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
iqtisodiyotdagi foiz stavkalarining darajasi shunchalik baland bo‘ladi.
 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin