195
Eng umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini 11-rasmdagidek tasavvur etish
mumkin.
Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan)
va qadimiy
moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval
Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi
hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini
taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan
savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi
banklarni ayirboshlovchilar ochgan.
Aytish joizki, “bank” so‘zi "banca"
(italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib chiqqan.
Sababi,
ayirboshlovchilar
pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib
almashtirganlar.
Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita:
omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu
turdagi muassasalar
Dostları ilə paylaş: