194
Riskni yoqtirmaslik.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tikilgan kapitalning
daromadlilik stavkasi doim risk bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shu munosabat bilan
quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bozor iqtisodiyoti sharoitida kafolatlangan
foiz stavkasini olish imkoniyati bormi va uni nima belgilaydi?
Bu savolning javobi quyidagicha: moliya tizimi riskdan holi aktivlarga pul
tikishni istagan kishilarga ma’lum imkoniyatlar yaratib beradi. Buning uchun ular
tikilgan kapitaldan kutilgan daromadning ma’lum qismidan voz kechishlari zarur.
Riskdan uncha qo‘rqmaydigan kishilar
riskka toqati yo‘q kishilarga kafolatlangan
foiz stavkasi olish imkoniyatini beradilar. Biroq, bu stavka risk darajasi yuqori
bo‘lgan aktivlar bo‘yicha kutilgan o‘rtacha daromadlilik stavkasidan past bo‘ladi.
Aholi orasida riskni tan olmaslik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
risk uchun
mukofot shunchalik yuqori va risksiz foiz stavkasi miqdori shuncha past bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: