190
Agar Siz o‘z aksiyalaringizni
sotmaslikka qaror qilsangiz, qanday qilib
daromad stavkasini baholashingiz mumkin?
Javobni quyidagicha berish mumkin:
qimmatli qog‘ozlarga qilingan
investitsiyaning daromad stavkasi, ularni sotib yuborasizmi yoki yo‘qmi, bundan
qat’iy nazar bir usul bilan aniqlanadi.
Aksiya kursining 500 so‘mga oshishi 500
so‘m dividend singari kiritgan kapitalingizning daromad qismi hisoblanadi.
Sizning aksiyalarni sotmasdan o‘zingizda qoldirish to‘g‘risidagi qaroringiz, yil
yakunlanganidan so‘ng ularni haqiqatdan 10,5 ming so‘mdan sotishingiz
mumkinligi faktini hech qanday o‘zgartirolmaydi.
Shu bois, Siz qimmatli
qog‘ozlarni sotish orqali o‘z daromadingizni kapitalingizni oshirish ko‘rinishida
amalga oshirishga qaror qilishingiz yoki sotmasdan rein-vestitsiya qilishingizdan
qat’iy nazar, daromadlilik stavkasi 10%ni tashkil etadi.
Turli davrdagi iqtisodiy ko‘rsat-kichlarni
solishtirish uchun tovarlar,
xizmatlar va aktivlar narxlari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda
to‘g‘rilanishi yoki o‘zgartirilishi lozim. Shu bois,
iqtisodchilar
nominal
narx
nomini, ya’ni tovar va xizmatlarning Price listda ko‘rsatilgan narxini va pulning
sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi
real narx
larni alohida farqlashadi.
Real va nominal narxlar farqlangani kabi, real va nominal foiz stavkalari ham
farqlanadi. Obligatsiya bo‘yicha
Dostları ilə paylaş: