kapitalning o‘sishi deb . Agar aksiya
egasi kursning tushishi tufayli zarar ko‘rayotgan bo‘lsa, bu narsa
kapitalning yo‘qotilishi deyiladi. Qo‘yilgan kapital daromadini aniqlash uchun aksiyalarga
egalik qilish davomiyligi bir kundan bir necha o‘n yillikkacha bo‘lishi mumkin.
Misol. Investitsiya qilingan kapitalning daromadlilik darajasini hisoblab
ko‘rish uchun, faraz qilaylik, Siz aksiyalarni bir donasini 10,0 ming so‘mdan sotib
oldingiz. Bir kundan keyin mazkur aksiyalarning kursi 10,1 ming so‘mga o‘sdi va
Siz ularni sotdingiz. Bir kunda Sizning qo‘yilgan kapital
daromadlilik stavkangiz 1% ni tashkil etadi. Bu ko`rsatkich bir dona aksiyaga kapitalning o‘sish
ko‘rsatkichi 100 so‘mning sotib olingan aksiya narxiga 10,0 ming so‘m nisbati
orqali aniqlanadi. Endi tasavvur qiling, Siz sotib olingan aksiyalarga bir yil
davomida egalik qilmoqdasiz. Yil oxirida aksiyalar bo‘yicha bir aksiyaga 500
so‘m miqdoridagi dividend to‘landi va aksiyaning bahosi 10,5 ming so‘m bo‘ldi.
Shunday qilib, bir yillik qo‘yilgan kapital daromadliligi (
K d) , quyidagini
tashkil etdi:
K d = (AB do - AB b + PD) : Ab b Bu yerda: K
d
– bir yillik qo‘yilgan kapital daromadliligi;
AB
do
– davr oxiridagi aksiya bahosi;
AB
b
– aksiyaning boshlang‘ich narxi;
PD – pulli dividendlar.
Ushbu misolda biz quyidagi daromadlilikka ega bo‘lamiz:
K d = (10,5 ming so‘m - 10,0 ming so‘m + 0,5 ming so‘m) : 10,0 ming so‘m = 0,10 = 10% E’tibor bering, qo‘yilgan kapital umumiy daromadini quyidagi
komponentlar yig‘indisi sifatida ko‘rish mumkin: dividend ko‘rinishidagi
daromad va aksiyalar bahosining o‘zgarishi: