Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Sotishga opsion, 
yoki
 “put” opsion
– bu, egasiga 
opsion amal qilish muddatining o‘tib ketishi yoki tugaguniga qadar xohlagan 
paytda kontrakt bo‘yicha o‘rnatilgan narxda ma’lum bir miqdordagi aktivlarni 
sotish huquqini beradigan vositadir. Aktiv egasi ushbu aktivni sotish uchun 
opsion sotib olar ekan, o‘zini uning narxi kontraktda ko‘rsatilganidan kamayib 
ketish xavfidan samarali sug‘urta qiladi. 
Forvard kontraktlar
deb, kontraktda ko‘rsatilgan narx va vaqt bo‘yicha 
ma’lum bir aktivlarni bir tomon sotib olish majburiyatini, ikkinchi tomon esa 
sotish majburiyatini oluvchi vositalarga aytiladi. Bu xil kontraktlar sotuvchiga va 
xarid qiluvchiga ushbu aktivlarning kelgusida sotiladigan narxining noaniqligiga 
bog‘lanib qolmaslik imkonini beradi.
3.
 
Moliya bozori stavkalari 
Olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlik stavkasiga foiz 
stavkasi deb ataladi. Olin(ayot)gan mablag‘larning turiga qarab, turli xil foiz 
stavkalari mavjud. Masalan, uy sotib olish uchun qarz oluvchi kishi ushbu qarzni 
garov bo‘yicha foiz stavkasi
deb nomlanuvchi foiz stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Kreditning har qanday turi yoki qayd qilingan daromadga ega vosita 
bo‘yicha foiz stavkasi miqdori bir qator omillarga bog‘liq. Bulardan eng 


185 
muhimlari 
hisob-kitob pul birligi

to‘lov muddati
va 
kredit kelishuvi, defolt 
riskidir. 
Ushbu omillarning har birini batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 

Hisob-kitob pul birligi
to‘lovlar amalga oshiriluvchi pul birligini o‘z ichiga 
oladi. Hisob-kitob birligi bo‘lib, qoidaga ko‘ra, u yoki bu mamlakatning valyutasi 
hisoblanadi: dollar, yevro, frank, funt, rubl, so‘m, peso va hokazolar. Ba’zida 
birlik sifatida qandaydir bir tovar qo‘llaniladi, masalan, oltin, kumush yoki tovar 
va xizmatlarning standart “savati”. Foiz stavkasi hisob-kitob pul birligiga bog‘liq 
holda o‘zgaradi.
•Qayd qilingan daromadga ega bo‘lgan vosita bo‘yicha
 to‘lov muddati – 
bu 
davomiyligida jami olingan summani to‘lash lozim bo‘lgan vaqt. Qisqa muddatli 
instrument (vosita)lar bo‘yicha foiz stavkasi, uzoq muddat-lilarining foiz 
stavkasidan yuqori, past yoki teng bo‘lishi mumkin. 

To‘lanmaslik riski
qayd qilingan daromadga ega instrument (vosita) 
bo‘yicha qarzning asosiy summasi yoki foizning qandaydir bir qismi qarz oluvchi 
tomonidan to‘lanmaslik ehtimolini o‘z ichiga oladi. Bu riskning darajasi 
qanchalik baland bo‘lsa, qarz oluvchi o‘z investorlariga uning qimmatli 
qog‘ozlarini sotib olishga rozilik bildirishlari uchun shunchalik yuqori foiz 
stavkasini va’da qilishi lozim. 
Endi, keling, ushbu uch omil amalda qanday qilib foiz stavkasi darajasi 
(o‘lchami)ga ta’sir etishini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin