181
Bunda Hukumat va Uy ho‘jaliklari, Hukumat va Firmalar o‘rtasidagi bog‘lanish
“daromad-soliq” aylanmasi tashqi sikllari bo‘yicha tashkillashgan.
Rasmdagi modelda har bir sikl ma’lum maqsad asosida harakat qiladi va bir-
biri bilan bevosita va (yoki) bilvosita bog‘liq bo‘lib, ularning tezligi va hajmi
bozor kon’yunkturasiga bog‘liq.
Demak, modeldan ko‘rinib turibdiki, moliya bozori iqtisodiyotda markaziy
o‘ringa ega, iqtisodiyotning barcha subyektlari uning kon’yunkturasiga bog‘liq
holda o‘zaro bog‘liqlik va ta’sirda faoliyat yuritadilar. Moliya bozori o‘zining
qisqa va o‘rta (uzoq) muddatli instrumentlari (jumladan qimmatli qog‘ozlar)
yordamida iqtisodiyot subyektlarini investitsiya bilan ta’minlaydi, resurslarni
ularning o‘rtasida samarali taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi.
Moliya bozori bir qator funksiyalarni bajaradi. Ularni to‘rt guruhga ajratish
mumkin:
makroiqtisodiy,
umumbozor,
mahsus
(ixtisoslashgan)
va
globallashtirish (meta, ya’ni xalqaro darajada moliyaviy globallashtirish)
funksiyalarga.
Makroiqtisodiy funksiyasi
jamg‘armalarni
investitsiyalarga smarali
transformatsiyasini ta’minlab berishdan iborat.
Umumbozor funksiyasi
, odatda, har bir milliy bozorga mansub.
Mahsus
funksiyasi
esa uni boshqa turdagi bozorlardan farqlaydi.
Umumbozor funksiyasiga
quyidagilar kiradi:
–
tijoratni rivojlantirish funksiyasi (bu funksiya bozor qatnashchilarining
o‘zaro raqobat asosida daromad olishini ta’minlovchi funksiya);
–
narx-navoni
belgilash
funksiyasi,
ya’ni
bozorda
moliyaviy
instrumentlarning bozor narhlarini (kurslarini) shakllanishi va ta’siri jarayonini,
ularni bozor kon’yunkturasiga bog‘liq tarzda uzluksiz harakatini (o‘zgarishini)
ta’minlaydi (bozor kurslari qanchalik tez shakllanib barqarorlashsa,
moliya
bozorida bu instrumentlar shunchalik samara bilan joylashtiriladi va likvidliligi
ta’minlanadi);
–
informatsiya bilan ta’minlash funksiyasi, ya’ni bozor o‘z qatnashchilariga
savdo obyektlari va savdo ishtirokchilari to‘g‘risidagi axborotni shakllantiradi va
havola qiladi;
–
tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) funksiya,
ya’ni bozor o‘zidagi savdo va unda ishtirok etish, qatnashchilar o‘rtasidagi
munosabatlar me’yorlarini va nizolarni hal qilish tartiblarini joriy qiladi, ustuvor
yo‘nalishlarni aniqlaydi, nazorat organlarini
va tartiblarini belgilaydi, bozor
qatnashchilari tomonidan bu me’yor va tartib-qoidalarga rioya qilinishini nazorat
qiladi va h.k.
Moliya bozorining
mahsus funksiyalariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
182
1)
moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi. Uni o‘z
navbatida to‘rt kichik funksiyaga ajratish mumkin:
–
moliyaviy resurslarni tarmoqlar va bozor faoliyati sohalari (sferalari)
o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash;
–
jamg‘armalarni, ayniqsa aholi jamg‘armalarini,
noishlab chiqarish
shaklidan ishlab chiqarish shakliga o‘tkazish (transformatsiyalash);
–
noinflyatsion asosda davlat byudjetini moliyalashtirish, ya’ni qo‘shimcha
pulni muomalaga chiqarmasdan;
–
pul massasini boshqarish;
2)
narx va moliyaviy risklarni oldini olish funksiyasini, yoki hosilaviy
qimmatli qog‘ozlarni (fyucherslar, opsionlar, svop, forvard va h.k.) paydo bo‘lishi
evaziga xedjirlash.
Moliyaviy globallashtirish funksiyasi
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
–
moliyaviy resurslarni umumjahon miqyosida globallashgan iqtisodiyot
doirasida samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi;
–
milliy moliya bozorlarini o‘zaro integratsiyalashuvi (uyg‘unlashuvi);
–
moliya bozorlarini internatsionallashuvi;
–
jahon globallashuvi jarayonlari (barcha yo‘nalishlarda) rivojini katalizatori
va h.k.
Moliya bozori vazifalarini
asosiy va qo‘shimchalarga
ajratish mumkin.
Asosiy vazifalari
uning bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati va qulay
sharoitlarni ta’minlashi bilan ifodalanadi (ular yuqorida sanab o‘tilgan).
Moliya bozorining
qo‘shimcha vazifalariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
–
emitentning moliya oqimlarini optimallashtirish;
–
bozor qatnashchilarining ijobiy imidjini shakllantirish;
–
emitentning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash;
–
biznesni rivojlantirish va qo‘shimcha ish joylarini yaratish;
–
jahon moliya tizimiga
integratsiyalashtirish;
–
siyosiy huruj, moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik, moliyaviy repressiya va
valyutaviy intervensiya vositasi sifatida ta’sir ko‘rsatish;
–
investorlarning xuquqlarini himoyalash va maqsad-manfaatlarini
ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: