179
demak, ular iqtisodiy o‘sishning asosiy
omillaridan hisoblanadi
60
. Bunda esa
moliya bozorining qisqa va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi roli
beqiyosdir. Chunki aynan moliya bozori yordamida jamg‘armalar shakllanadi
(akkumulyatsiyalanadi) va ular samarali investitsiyalarga tranformatsiyalanadi
(aylanadi).
Qisqa davr ichida iqtisodiy o‘sish moliya bozori
orqali mavjud moliyaviy
resurslardan samarali foydalanish hisobiga erishiladi. Ammo uzoq muddatli
davrda iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarish quvvatlarini investitsiyalar hajmini
kengaytirish yo‘li bilan modernizatsiyalashuvi va oshirilishini talab etadi.
Makroiqtisodiy barqarorlik sharoitida investitsiyalarga bo‘lgan talab esa moliya
institutlari yordamida ichki va tashqi jamg‘armalar hisobiga qoplanadi.
Bundan ayon bo‘ladiki, moliya bozori
moliyaviy resurslarni
(jamg‘armalarni) iqtisodiyotda samarali (effektiv) taqsimlash va qayta taqsimlash
funksiyasini amalga oshiradi va iqtisodiyot holati “barometri” rolini bajaradi.
Iqtisodiyotda moliyaviy oqimlar inflyatsiya va foiz stavkasiga bog‘liq holda
moliya bozori orqali taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Bunda inflyatsiya va
foiz stavkasi moliya bozorining muvozanat holatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqorida aytilganlarga asosan, makroiqtisodiy
muvozanatni mos ravishda
quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin:
S = I
(ushbu balansga rioya qilinganda umumiy talab va taklif o‘rtasida
tenglikka erishiladi, ya’ni S=Y–A–X=I, bunda A=C+G – absorbsiya; Y-A – ichki
jamg‘armalar; X – manfiy ishorali tashqi jamg‘armalar),
MV = PT
.
Ushbu tenglamalar bilan ifodanadigan makroiqtisodiy muvozanat moliya
bozori holatida o‘z aksini topadi, ya’ni bozor iqtisodiyotning holatini ekvivalent
tarzda aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, moliya bozori iqtisodiyotning “egiz-
analogi” sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun moliya bozori iqtisodiyotning
“barometridir”.
Aytilganlar asosida moliya bozoridaga muvozanatni gipotetik tarzda
quyidagi muvozanat tenglamasi bilan ifodalash mumkin:
SV = PT
. Bunda: T –
moliya instrumentlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar hajmi (bu esa investitsiyalar
hajmiga teng), ya’ni T = I; S – moliyaviy instrumentlar
uchun taklif qilingan
jamg‘armalar hajmi; V – investitsiya qilingan jamg‘armalarni foyda (zarar) bilan
qaytishi tezligi (vaqt oralig‘i, likvidliligi); P – moliyaviy instrumentlar bo‘yicha
tuzilgan shartnomalarning (bitishuvlarning) bozor narhi.
Demak, T = I ekanligini hisobga olgan holda moliya bozorining muvozanat
tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
60
Опит развития финансовой и фискалной системи и привлечения прямих иностранних инвестиций в Восточной Азии:
уроки и рекомендации. Сборник трудов мол.учених Трушин Е., Музафаров Д., Федорова Е., Дийканбаева Г.-Алмати,
2001.-сс.74.