Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

2.
 
Moliyaviy bozorlarning tarkibiy qismlari 
Moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishini quyidagi tarkibiy qismlar 
birligi sifatida tasavvur qilish mumkin. 
Eng sodda tarzda aytiladigan bo‘lsa, moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlar 
sotiladi va sotib olinadi. O‘z navbatida, 
qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosila 
qimmatli qog‘ozlar 
moliyaviy aktivlarning asosiy turlaridan bo‘lib hisoblanadi



183 
Qarz instrumentlari pulni qarzga oluvchi hamma – firmalar, hukumatlar va uy 
xo‘jaliklari – tomonidan chiqariladi. Tegishli ravishda, qarz majburiyatlari 
bozorida korporativ va davlat obligatsiyalari, uy-joy va tijorat garovlari, 
shuningdek iste’mol qarzlari kabi aktivlar bilan savdo qilinadi. Qarz 
instrumentlarini yana 
qayd qilingan daromad instrumenti
deb ham atashadi. 
Zero, ular bo‘yicha kelgusida qayd qilingan summani to‘lash va’da qilinadi. 
Ularni yana 
qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar 
deb atash ham mumkin. 
 
8-rasm.
Zamonaviy moliyaviy bozorning eng umumiy ko‘rinishi
Qarz instrumentlari, shuningdek, 
qarzni uzish muddati 
asosida ham 
klassifikatsiyalanadi. Qisqa muddatli qarz majburiyatlari bozori 
pul bozori
nomiga ega. Uzoq muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozori esa 
kapital 
bozori
deb nomlanadi. 
Pul bozorida, asosan, yo xususiy sektorning ishonchli qarz oluvchilari 
tomonidan yoki davlat tomonidan chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozlar kabi 
instrumentlar aylanadi. 
Zamonaviy pul bozorlari uchun global integratsiya
va 
likvidlik
o‘ziga xos 
xarakterga ega. Aktivning likvidlik darajasi uni pulga konvertatsiya qilinish 
jarayonining oddiyligi, xarajatlari
va tezligiga bog‘liq holda aniqlanadi. 
Aksiya – bu firma 
mulkdorlari
tomonidan uning aktivlari qismiga 
qo‘yiladigan talabdir. Korxona kapitali ulushiga egalik qilishdan dalolat 
beradigan qimmatli qog‘ozlar AQShda 
oddiy aksiyalar
, Buyuk Britaniyada 
aksiyalar 
deb ataladi. Aksiyani sotib olish va sotish 
fond bozorida 
amalga 
oshiriladi. Har bir oddiy aksiya boshqa aksiyadorlar bilan firmaning mulkidagi 
qismda (yoki ulushda) baravarligini bildiradi. 
Oddiy vaziyatlarda har bir aksiyaga bir xil miqdordagi foyda va korxonani 
boshqarish masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun bitta ovoz berish huquqi 
to‘g‘ri keladi. Biroq, ayrim korxonalar muomalaga oddiy aksiyalarning ikki 
toifasini chiqaradilar. Ulardan biri aksiyadorga ovoz berish huquqini beradi
boshqasi esa bermaydi.
Oddiy aksiyalar korxona aktivlariga 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin