Davlatiy moliya


Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Foiz stavkasiga hisob-kitob pul birligining ta’siri. 
Qayd qilingan 
daromadga ega bo‘lgan instrument (vosita) faqatgina aniq hisob-kitob pul 
birligiga muvofiq risksiz, ishonchli hisoblanadi. Uning o‘zgarishi bilan foiz 
stavkasi ham nihoyatda jiddiy ravishda o‘zgarib ketishi mumkin. Keling, bu 
hodisani aniqroq tushuntirish uchun, nominallari turli xil valyutalarda 
ko‘rsatilgan obligatsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, Britaniya Qo‘shma Qirolliklarining davlat obliga-tsiyalari 
bo‘yicha foiz stavkalari Yaponiyaning davlat obligatsiyalariga qaraganda ancha 
yuqori va ular taxminan bir xil qoplash muddatiga ega. Mazkur toifa 
obligatsiyalari to‘lanmay qolish riskidan ozod ekanligi inobatga olingan holda, 
mazkur shartlar barcha investorlar Qo‘shma Qirolliklarning obligatsiyalarini 
afzalroq ko‘rishiga olib kelmaydimi?
Mazkur holatda javob salbiy bo‘ladi. Chunki ushbu obligatsiyalarning 
nominallari turli valyutalarda: Qo‘shma Qirollik obligatsiyalari – funt sterlingda, 
Yaponiyaniki esa – iyenda aks ettirilgan. Ikki mamlakatning mazkur toifa (klass) 
obligatsiyalari ishonchli daromadlilik stavkasini ushbu mamlakatlar valyutasida 
taklif etishiga qaramasdan, daromadlilik stavkasi har qanday boshqa valyutada 
noaniq bo‘ladi, chunki u kelajakda to‘lovni olish paytida ushbu ikki valyutaning 
almashish kursiga bog‘liqdir.
 


186 
Keling, bu fikrga aniq misol keltiramiz. Faraz qiling, Siz ma’lum bir 
mablag‘ni bir yil muddatga investitsiya qilishga qaror qildingiz. Yaponiya davlat 
obligatsiyalari bo‘yicha yillik foiz stavkasi 3%ni, Qo‘shma Qirollik 
obligatsiyalari bo‘yicha esa 9%ni tashkil etadi. Boshqa valyutaga nisbatan bir 
valyutaning bahosini o‘z ichiga olgan 
valyuta kursi
(exchange rate), 1 funt 
sterling 150 iyenaga teng. 
Endi, tasavvur qiling, Siz o‘z kapitalingizni iyenda qaysidir ishonchli aktivga 
investitsiya qilmoqchi bo‘lgan yapon investori hisoblanasiz. Yapon 
obligatsiyalarini sotib olib, Siz o‘zingizga 3%lik daromadni kafolat-laysiz. Agar 
Britaniyaning davlat obligatsiyalari sotib olinsa, iyenada daromadlilik stavkasi bir 
yil o‘tgandan keyin iyena va funt sterlingning almashuv kursi qanday bo‘lishiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Misol. 
AQSh yoki O’zbekiston davlat obligatsiyalariga mablag’ingizni 
investitsiya qilmoqchisiz. Ular taxminan bir xil qaytarish muddatiga ega bo’lsin. 
Ushbu obligatsiyalar nominallari turli valyutalarda ifodalangan: AQSh 
obligatsiyalari dollarda, O’zbekiston obligatsiyalari – so’mda. O’zbekiston davlat 
obligatsiyalari bo’yicha yillik foiz stavkasi 16 %, AQSh obligatsiyalari bo’yicha 
esa 6%. Bir valyutaning boshqasi bilan ifodalangan narxini o’zida aks ettiruvchi 
valyuta kursi 1 $ =9200 UZS.
Tasavvur qiling, siz o’z kapitalini so’mda qandaydir ishonchli aktivga 
investitsiya qilmoqchisiz. O’zbekiston obligatsiyalarini sotib olganingizdan 
so’ng, o’zingiz uchun 16% lik daromadni kafolatlaysiz. Agar AQSh 
obligatsiyalarini sotib olsangiz, so’mdagi daromadlilik foiz stavkasi bir yil keyin 
so’m bilan $ ning ayirboshlash kursiga bog’liq bo’ladi. 
Shunday qilib, mazkur operatsiya natijasida olingan real daromadlilik 
stavkasi quyidagicha bo‘ladi: 
𝒎
𝒅
=
𝑺
𝒙
∗ 𝑲
𝒐
− 𝑹
𝒎
𝑹
𝒎
=
𝟓𝟑𝟎𝟎𝑲
𝒐
− 𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎
𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎
Bu yerda:
𝒎
𝒅
- daromadlilik stavkasi (iyen) 
Bir yil davomida $ kursi ortib, 1 $ = 9680 UZSni tashkil qildi deb tasavvur 
qilamiz. U holda AQSh obligatsiyalarida bo’yicha so’mda ifodalangan 
haqiqatdagi daromadlilik stavkasi quyidagiga teng: 
𝒎
𝒅
=
𝟓𝟑𝟎𝟎 ∗ 𝟗𝟔𝟖𝟎 − 𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎
𝟒𝟔𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎𝟎
= 𝟎, 𝟏𝟏𝟓𝟑𝒚 𝒐𝒌𝒊 𝟏𝟏, 𝟓𝟑%


187 
Shunday qilib, Sizning real daromad stavkangiz 11,53%ni tashkil etadi. Bu 
esa Siz aynan shunday qaytarish muddati bilan O’zbekiston obligatsiyalarini sotib 
olish orqali olishingiz mumkin bo‘lgan 16%dan kamroqdir. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin