164
kredit kartochkalaridan foydalanish kabi usulining ulkan afzalliklarini hisobga
olgan holda, yo‘l cheklari kelajagi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerakmikan? Bu
cheklarni ham, kalkulyator kashf qilingandan so‘ng, logarifmik lineykaga kelgani
kabi taqdir kutmayotganmikan?
Kredit kartochkalari – bu shunchaki oxirgi 40-50 yil ichida ishlab chiqilgan,
iqtisod sohasida odamlarning faoliyat xarakterini tubdan o‘zgartirgan ko‘plab
moliyaviy mahsulotlar misollaridan biridir, xolos. Barcha ushbu innovatsiyalar
jami bo‘lib, risk va daromadlilik o‘rtasidagi samarali balans (muvozanat)ni
topish, shaxsiy investitsiyalarni to‘g‘ri sarflash, shuningdek, mehnatga layoqatli
davrda mablag‘larni yig‘ish va ularni pensiyaga chiqqanda ishlatishni qo‘shgan
holda, butun hayoti davomida o‘zining individual ehtiyojlariga tuzatish kiritish
imkoniyatlarini oshirdi.
Dostları ilə paylaş: