Davlatiy moliya


-MAVZU: MOLIYAVIY YANGILIKLAR



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

8-MAVZU: MOLIYAVIY YANGILIKLAR
REJA:
1.
 
Moliya tizimida moliyaviy yangiliklar va ularning qo’llanilishi. 
2.
 
O‘zbekistonda innovatsion faoliyatni rivojlantirish konsepsiyasi 
asoslari. 
1.
 
Moliya tizimida moliyaviy yangiliklar va ularning qo’llanilishi 
Moliyaviy yangiliklar qaysidir markazlashtirilgan organlar tomonidan 
rejalashtirilmaydi, balki ayrim tadbirkorlar va firmalarning xarakatlari natijasida 
yuzaga keladi. Moliyaviy sohada innovatsiyalarning yuzaga kelishiga turtki 
bo‘ladigan asosiy iqtisodiy manfaatlar, to‘g‘risini aytganda, inson faoliyatining 
boshqa har qanday sohasida harakat qiluvchi manfaatlardan hech qanday farq 
qilmaydi. A.Smit qayd qilganidek, “Har bir individ o‘zining kapitalini eng ko‘p 
foyda keltirishi uchun ishlatishga harakat qiladi. Uning niyatiga, qoidaga ko‘ra, 
umumiy manfa-atlarga xizmat qilish kirmaydi, va u odatda ularni qondirishga 
qanchalik yordam berayotganini bilmaydi. Uni faqat o‘zining xavfsizligi va foyda 
tashvishga soladi. Biroq mutloq o‘zining foydasi uchun harakat qilayotgan 
individ, uning maqsadiga kirmaydigan natijaga 
ko‘rinmas qo‘l
(invisible hand) 
tomonidan yo‘llanadi. O‘z manfaatlari izidan borib, u ko‘pincha haqiqatda 
qilmoqchi bo‘lganidan ko‘ra ko‘proq jamiyatning rivojlanishiga samaraliroq 
yordam beradi”
54

Bu holatni misollar bilan izohlash uchun, yosh yigit 1965-yilda xorijga 
sayohatga ketayotib tushib qolgan vaziyatidagi masalalarni hozirgi kunda 
zamonaviy yosh yigit qanday hal qilish kerakligi bilan solishtiring. Bir necha o‘n 
yilliklar oldin xorijdagi sayohatchiga hech kim uning tilida gapirmaydigan joyda 
pul tugab qolishi mumkinligi to‘g‘risida doimo xavotirga tushishiga to‘g‘ri 
kelgan. Bu holatda uyga telegramma yuborishga va o‘z mamlakatidagi bankdan 
mahalliy bankka telegraf orqali pul jo‘nat-masini tashkillashtirishga urinishiga 
to‘g‘ri kelgan. Bu jarayon qanchalik uzundan-uzoq va qimmat bo‘lganligini 
tushuntirishning zaruriyati yo‘q. Xorijiy banklar bilan kredit liniya
55
larini ochish 
54
Adam Smith, The Wealth of Nations (Chicago: University of Chicago Press, 1977), - b. 408. 
55
“Liniya” lotincha “linea” - kanop ipi; shoqul; yo‘l, chiziq. Biror narsani muayyan masofa (joy)ga uzatishga mo‘ljallangan 
qurilma (moslama)lar sistemasi. Qarang: o‘sha manba. J.II. - b.499.


161 
to‘g‘risida oldindan kelishuvlar faqatgina eng boy sayohatchilar uchun mumkin 
bo‘lgan.
Bizning davrda amalda xorijda xoxlagan xaridni kredit kartochkasi 
yordamida to‘lash mumkin.
 VISA, MasterCard
va 
American Express 
kabi bunday 
kartochkalar yer sharining deyarli istalgan nuqtasida qabul qilinadi. Masalan, 
mehmonxona nomeriga haq to‘lash uchun Siz shunchaki o‘z kartoch-kangizni 
xizmatchiga berasiz va u telefon liniyasiga ulangan maxsus appa-ratga uni 
qo‘yadi. Sanoqli soniyalarda Sizning qarzni to‘lay olish qobili-yatingiz (ya’ni, 
Sizga ushbu kartochkani bergan bank to‘lovni kafolatlashi holati) tekshiriladi. 
Shundan so‘ng Sizga kvitansiyaga imzo qo‘yish va yana sayohatni davom ettirish 
qoladi, xolos. 
Bundan tashqari, bu tizimda pulni yo‘qotish yoki uni o‘g‘irlatish to‘g‘risida 
xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Agar Siz kredit kartochkangizni topolmayotgan 
bo‘lsangiz, yo‘qolgan kartochkani beruvchi bank bilan ulangan yaqinda 
joylashgan istalgan bankka yo‘l olasiz. Bank uni bekor qiladi (undan boshqa odam 
foydalana olmasligi uchun) va yangisini beradi. Ko‘p banklarda bu holatda hatto 
kredit olishingiz ham mumkin. 
Xalqaro sayohatlar kredit kartochkalarining joriy qilinishi tufayli ancha 
qulay va arzon bo‘lib qolganligiga hech kimda shubha yo‘q. Ularni kashf qilish 
va 
tarqatish 
millionlab 
odamlarga 
foyda 
keltirdi 
va 
moliyani 
«demokratlashtirish»ga imkon tug‘dirdi. Lekin bu qanday ro‘y berdi? Quyida 
Sizlarga 
kredit 
kartochkalari 
misolida 
moliyaviy 
innovatsiya-larning 
rivojlanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni ko‘rib chiqishni taklif etamiz. 
Shuni alohida qayd etish joizki, bu jarayonda texnologiya
eng muhim omil 
hisoblanadi. Kredit kartochkalarning qo‘llanilishi faqatgina tele-fon va 
kompyuter tarmoqlari, shuningdek, boshqa o‘ta murakkab telekom-munikatsiya 
tizimlari, axborotga ishlov berish uchun dasturiy ta’minot yaratilishi natijasida 
amalga oshdi. Biroq, kredit kartochkalari zamonaviy moliyaviy tizimning muhim 
qismiga aylanishi uchun, foyda olish maqsadida yangi imkoniyatlarning doimiy 
qidiruvida bo‘lgan va moliyaviy xizmatlarni taklif qiluvchi firmalar, ushbu 
ilgarilab ketgan texnologiyadan foyda-lanishga tayyor bo‘lishlari lozim edi. Bu 
narsa, o‘z navbatida, ikkinchi tomondan uy xo‘jaligi va boshqa firmalarga ushbu 
kartochkalarni sotib olishga tayyor bo‘lishlarini taqozo etar edi. 
Innovatsiyalar tarixida (moliyaviy va boshqa istalgan sohalarda) biror-bir 
potensial iqtisodiy foydali g‘oyani ishlab chiqishda ko‘pincha birinchi bo‘lgan 
firma bundan katta foyda olmasligi holati takrorlanib turadi. Bu kredit 
kartochkalariga nisbatan ham adolatli (tegishli)dir. Xalqaro sayohatlarga kredit 
kartochkasini ishlatishni taklif qilgan birinchi korxona Ikkinchi jahon urushi 
tugashidan so‘ng darhol asos solingan

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin