159
Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlaridan
tashqari) yangi qonunchilik bo’yicha auditorlik teshiruvini o’tkazish uchun faqat
maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshirilishi
mumkin. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash auditorlik tashkilotlariga auditorlik
faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi to’g’risidagi
Nizomga muvofiq ravishda olib boriladi.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi.
Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, erkinlik,
professional malakalilik
va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.Audit nazoratining asosiy
tamoyili uning mustaqilligi bo’lib, bunda asosan tekshirilayotgan subyektning
moliyaviy hisoboti to’g’risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri
ostida bo’lishdan uning ozod ekanligini tushunish lozim. Shu bilan birga, yana
shuni hisobga olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda etarli darajada qattiq
tartibga solinadi.
Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada)
bu jarayonga davlat aralashib, u
audit me’yori va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va auditorlik firmalarini
ro’yxatdan o’tkazadi hamda ularning faoliyati ustidan nazorat o’rnatadi.
O‘zbekistonda ham xuddi shunday ahvol tarkib topgan bo’lib, bu yerda davlat
auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol amalga oshiradi. U moliyaviy
qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin bo’lgan muhim korxonalarni
ajratib, ularda audit o’tkazish majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga
(ma’lumoti, malakasi, imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va
boshqalar bo’yicha) talablar qo’yadi.
Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil
etish qonunchilik va
boshqa normativ hujjatlar vositasida amalga oshiriladi. Bunda auditorlar
jamoatchilik tashkilotlari tomonidan auditning o’zini o’zi boshqarishiga katta
imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir mamlakatda jamoat
tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan, AQSh
va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan
professional jamoat
auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi.
Ko’pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab turibdi.
Ularning asosiy vazifalari auditorlik faoliyati va auditorlar axloq me’yorlari
bo’yicha standartlarni ishlab chiqish, auditorlar ish faoliyatining sifatini nazorat
qilish, auditorlik faoliyati bo’yicha bilimlarini attestatsiya qilish va hujjatlar
berish hamda auditorlik me’yorlarini buzgan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo
choralarini qo’llash (bu - davlatga xos xususiyat bo’lmagan mamlakatlarda)
kabilardan iboratdir.
Ammo ayrim mamlakatlarda, masalan, Shvetsiyada, garchi Vakolatli
160
auditorlar uyushmasi va Tasdiqlangan auditorlar
uyushmasi ishlab turgan
bo’lishiga qaramasdan, umuman auditorlik faoliyatini tartibga solish davlat
tomonidan amalga oshirilib, bu bizning Respublikamizga ham xos bo’lgan
xususiyatdir. O‘zbekiston Auditorlar palatasi tuzilish jihatidan davlat organlari
bilan o’zaro birgalikda harakat qiladi. Ammo uning auditorlik faoliyatini tartibga
solish bo’yicha asosiy funksiyalari davlat tomonidan mustahkamlab qo’yilgan.
Dostları ilə paylaş: