3. Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
Moliyaviy nazorat tizimida umudavlat nazorat organlari, maxsus moliyaviy
nazorat organlari alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan hokimiyatni
taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro
hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi.
Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat
maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini ko’rib chiqish va qabul qilishda
hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 8-bandiga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Vazirlar Mahkamasining
taqdimoti bo’yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan
nazorat o’rnatadi. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan
byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro
etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim
tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni
amalga oshirish yuklatilishi mumkin.
Parlament nazorati sohasidagi milliy tajriba, ushbu masalada huquqshunos-
olim va ekpertlarning nazariy qarashlari hamda xorij tajribasini o’rgagan holda
mamlakatimizda 2016-yil 11-aprelda davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarining parlament oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish, munosabatlarni
tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati”
to’g’risida O‘RQ-403-sonli Qonuni qabul qilindi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor
shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va
qonunlarini,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining
qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek o’z zimmalariga yuklatilgan
vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish bo’yicha faoliyati parlament
138
nazorati obyekti hisoblanadi
40
.
Moliyaviy nazorat bilan bog’liq Parlament nazorati quyidagi shakllarda
amalga oshiriladi:
–
navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini,
davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlarini hamda soliq va byudjet
siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qilish, shuningdek Davlat byudjeti
ijrosining borishini ko’rib chiqish;
–
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko’rib
chiqish;
–
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish;
–
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat a’zolarining o’z
faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish;
–
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini eshitish;
–
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini
eshitish.
Shu o’rinda bevosita moliyaviy nazorat bilan bog’liq Parlament nazorati
shakllariga batafsil to’htalib o’tamiz.
Davlat byudjeti loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15
oktyabridan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Oliy Majlis
palatalariga kiritiladi. Davlat byudjeti loyihasi fraktsiyalarda, deputatlar
guruhlarida, Qonunchilik palatasining qo’mitalarida dastlabki tarzda muhokama
qilinadi, ular Davlat byudjeti loyihasi bo’yicha fikrlar va takliflarni ishlab
chiqadi.Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo’mitasi
fraktsiyalardan, deputatlar guruhlaridan, Qonunchilik palatasi qo’mitalaridan
kelib tushgan fikrlar va takliflarni umumlashtiradi hamda Davlat byudjeti
loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan ko’rib chiqish masalasi bo’yicha
xulosa tayyorlaydi. Qonunchilik palatasi Davlat byudjeti loyihasini, qoida
tariqasida, uch o’qishda ko’rib chiqadi. Davlat byudjeti loyihasi Qonunchilik
palatasi tomonidan ko’rib chiqilayotganda u fraktsiyalarning, deputatlar
guruhlarining, Qonunchilik palatasi qo’mitalarining kelib tushgan mulohazalari
va takliflarini inobatga olgan holda maromiga etkazish uchun Vazirlar
Mahkamasiga yuborilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjeti
loyihasini maromiga etkazadi va uni Qonunchilik palatasi qayta ko’rib chiqishi
uchun kiritadi. Davlat byudjetining loyihasi bo’yicha qaror Qonunchilik palatasi
tomonidan joriy yilning 15 noyabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat byudjeti ko’rib chiqish
40
O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati” to’g’risida O‘RQ-403-sonli Qonuni. http://www.lex.uz
139
uchun Senatga yuboriladi. Senatga kelib tushgan Davlat byudjeti Senatning
Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi tomonidan dastlabki tarzda
ko’rib chiqiladi. Davlat byudjeti yuzasidan qaror Senat tomonidan joriy yilning
15 dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan
kechiktirmay o’z majlisida Hisob palatasining hisobotini eshitadi. Ushbu hisobot
dastlabki tarzda fraktsiyalar, deputatlar guruhlari, shuningdek Qonunchilik
palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqiladi.
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo’yicha Qonunchilik palatasi
qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida Hisob
palatasiga va Senatga yuboriladi. Shundan Hisob palatasining hisoboti dastlabki
tarzda Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi tomonidan
ko’rib chiqiladi. Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari bo’yicha Senat
qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida Hisob
palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning
navbatdagi majlisida dastlab Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo’mitasi
tomonidan ko’rib chiqiladi. Ushbu hisobotini eshitish yakunlari bo’yicha Senat
qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
Davlat byudjetining ijrosi ustidan
Qonunchilik palatasi nazoratni amalga
oshiradi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim
etilgan Davlat byudjeti ijrosining borishi to’g’risidagi axborotni va zarur
materiallar asosida moliya yilining har choragidagi byudjet ijrosining borishini
ko’rib chiqadi. Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hisobot
yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi
bilan birga taqdim etilgan Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotni
fraktsiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qo’mitalarida
dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Moliyaviy nazorat bo’yicha muhim vazifa va funksiyalar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham yuklatilgan. O‘zbekiston
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”
1993 yil 6 maydagi qonunining 12-moddasiga muvofiq u vazirliklar, davlat
qo’mitalari, idoralar va boshqa davlat va xo’jalik boshqaruv organlari faoliyati
ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat moliyaviy nazoratini amalga
oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi.
140
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga
41
ga asosan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byudjet sohasida quyidagi vakolatlar
berilgan:
–
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek
soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ishlab chiqish
jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
–
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek
soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ko’rib chiqish
hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob
palatasiga yuboradi;
–
byudjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;
–
byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga
taqdim etadi;
–
davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib
boradi hamda nazorat qiladi;
–
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining
ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib chiqadi;
–
o’tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tashqi audit
o’tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga
yuboradi;
–
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining
tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
–
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga asosan, xususan Davlat
byudjeti xarajatlariga, respublika byudjetining xarajatlar yoyilmasiga va Davlat
maqsadli jamg’armalarining byudjetlariga o’zgartirishlar kiritish tartibi nazarda
tutilgan hollarda moliya yili mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi
takliflarni ko’rib chiqadi;
–
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo’shimcha
manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;
–
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg’armasi
mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda Vazirlar Mahkamasi joriy moliya yili uchun
mo’ljallangan Davlat byudjeti taqchilligining tasdiqlangan cheklangan miqdori
41
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, 25-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013
y., 52-I-son
141
ortgan taqdirda Moliya vazirligining taqdimnomasiga ko’ra O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga Davlat byudjeti xarajatlarini
qisqartirish to’g’risida takliflar kiritadi.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo’yicha O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga davlat va ijroiya hokimiyat boshlig’i sifatida katta vakolatlar
berilgan. Respublika Konstitutsiyasi 93-moddasining 8-bandiga muvofiq
Prezident ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat moliyaviy nazorati
funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi,
Davlat soliq qo’mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan
42
bo’lib, tashqi audit va moliyaviy nazoratning eng yuqori organi hisoblanadi.
Jahon amaliyotida mamlakatlarning Hisob palatasi mamlakat byudjetini,
davlat aktivlari va passivlari holati va harakatini, oltin-valyuta zaxiralarini, davlat
qarzlarini nazoratini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mustaqil va obyektiv organ bo’lib,
mamlakatimiz Prezidenti va Oliy Majlisiga hisob beradi.
Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihalari
parametrlarini shakllantirish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning
ustuvor jihatlariga mosligini tizimli tahlil qiladi, qabul qilinayotgan davlat va
hududiy dasturlarni moliyalashtirish manbalari auditini ta’minlaydi. Shuningdek,
palata byudjet tizimi byudjetlariga mablag’lar va byudjetdan tashqari boshqa
mablag’lar to’liq tushishini o’rganib boradi hamda nazorat qiladi, zamonaviy
axborot texnologiyalarini qo’llashni kengaytirish orqali byudjet daromadlarini
oshirishni aniqlaydi va zaxiralarini safarbar qiladi. O‘z navbatida byudjeti tizimi
byudjetlari va byudjetdan tashqari boshqa mablag’lar hisobidan xarajatlarning
samaradorligi va qonuniyliligini auditdan o’tkazadi, ularni barcha darajalarda
qisqartirish bo’yicha zaxiralarni aniqlaydi.
O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni
43
ga
asosan pul-kredit va valyuta siyosati, davlat aktivlari va majburiyatlari holati,
oltin-valyuta zaxiralarini boshqarishni, shuningdek, qimmatbaho metallar va
qimmatbaho toshlar bilan amalga oshiriluvchi amaliyotlarni tashqi auditdan
o’tkazish vazifasi ham topshirildi.
Mamlakatimizda iqtisodiyot sohasida, jumladan moliya sohasida tub
o’zgarishlarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Hisob
42
Hisob Palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-son Farmoni bilan tashkil etilgan.
http://www.lex.uz
43
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5147-son Farmoni.
142
palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi va
ushbu organ asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
birinchi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasi parametrlari
shakllantirilishi va ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo’nalish-lariga muvofiqligini tizimli tahlil qilish, qabul qilinayotgan davlat
va hududiy dasturlarning moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanganligining
auditini amalga oshirish;
ikkinchi, byudjet tizimi byudjetlariga mablag’lar va boshqa byudjetdan
tashqari mablag’lar tushumining to’liqligini o’rganish va nazorat qilish,
zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo’llash orqali byudjet daromadlarini
ko’paytirish zaxiralarini aniqlash va safarbar qilish;
uchinchi, byudjet tizimi byudjeti va boshqa byudjetdan tashqari
mablag’lar hisobidan amalga oshirilayotgan xarajatlarning samaradorligi
va qonuniyligini auditdan o’tkazish va barcha darajada ularni qisqartirish
bo’yicha zaxiralarni aniqlash, byudjet tizimi byudjetlari va davlat tomonidan
jalb qilingan
mablag’larhisobidan
amalga
oshirilayotgan
investitsiya
loyihalarining maqsadga muvofiqligi va asosliligini baholash;
to’rtinchi, soliq va byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish bo’yicha
takliflarni ishlab chiqish, tizimli qonunbuzarliklarning sabablari hamda o’zini
oqlagan jahon tajribasini o’rganish va umumlashtirish orqali byudjetni
rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy qilish;
beshinchi, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o’rtasidagi nisbatning
maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining daromad bo’yicha
vakolatlari va xarajatlar bo’yicha majburiyatlari belgilanishining to’g’riligini
baholash, ularning o’zini-o’zi moliyaviy ta’minlash bo’yicha takliflar ishlab
chiqish;
oltinchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig’i bo’yicha davlat
va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
xorijiy mamlakatlarga davlat tashrifi davomida imzolangan kelishuv
va hujjatlarni amalga oshirishning to’liqligi va samaradorligi bo’yicha nazoratni
tashkil etish;
ettinchi, O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta siyosati, davlat
aktivlari va majburiyatlarining holati, oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish,
shuningdek qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bajarilayotgan
operatsiyalarni tashqi auditdan o’tkazish.
143
Hisob palatasi o’z faoliyatini amalga oshirish jarayonida huquqlarga ega
44
:
–
davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlardan o’zining vakolatiga kiruvchi
masalalar bo’yicha materiallar va ma’lumotlarni so’rab olish;
–
o’ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va
tashkilotlarning ma’lumotlar bazasiga kirish;
–
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankdan davlat
mablag’larini bank hisob raqamlaridagi va yagona g’azna hisobvarag’idagi
harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni so’rab olish;
–
tekshirish o’tkazish va uning natijalari bo’yicha bajarilishi majburiy
bo’lgan ko’rsatmalar berish;
–
tekshirishlar o’tkazish uchun o’z vakolati doirasida davlat organlari va
ularning vakillari, nodavlat auditor xizmatlari va alohida mutaxassislarni jalb
qilish;
–
Davlat byudjeti daromadlari prognozining to’g’riligini baholash, soliq
solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig’iluvchanligi to’liqligini va
soliqqa tortish obyektlarining to’liq hisobga olinishini ta’minlash bo’yicha
o’tkaziladigan nazorat tadbirlariga moliya, soliq va boshqa organlarning
xodimlarini jalb etish;
–
Hisob palatasi vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo’yicha
tekshirilayotgan tashkilotning mansabdor shaxslaridan yozma tushuntirishlar
olish;
–
nazorat tadbirlari natijalari bo’yicha qonun hujjatlari va huquqni qo’llash
amaliyotini yanada takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati
samaradorligini oshirish, samarasiz soliq hamda bojxona imtiyozlarini bekor
qilish, soliq ma’muriyatchiligi va soliq solinadigan bazaning to’liq qamrab
olinganligini yaxshilashga qaratilgan soliq stavkalarini o’zgartirish yuzasidan
takliflar kiritish;
–
o’z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga ularning
ma’lumotlar bazasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish to’g’risida bajarilishi
majburiy bo’lgan taqdimnomalar kiritish;
–
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasiga,
shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlariga hududiy davlat soliq va
moliya organlari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash
to’g’risida taqdimnomalar kiritish;
44
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-5147-son Farmoni. http://www.lex.uz
144
–
Hisob palatasi bilan oldindan kelishilib olinishi belgilangan barcha
masalalar bo’yicha tegishli xulosalar berish.
Davlat moliyaviy nazorati tizimida O‘zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi
va ularning quyi organlari
alohida o’rin tutadi. Moliya-kredit tizimi muassasalari tomonidan amalga
oshiriladigan nazoratlarning mazmuni va maqsadi belgilangan vakolat doirasidagi
amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi.
Moliya vazirligi o’z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri yoki o’zi tashkil etadigan organlar orqali
muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.
Mamlakatimizda moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat’iy
rioya etilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda
ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy
byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag’laridan
samarali foydalanishga yo’naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va
uslublarini qayta ko’rib chiqish maqsadida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi hamda uning bo’linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda
yo’nalishlari etib belgilandi
45
:
–
iqtisodiy o’sishning barqaror yuqori sur’atlarini, iqtisodiyot va ijtimoiy
sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda, davlatning ijtimoiy
majburiyatlarini to’liq va o’z vaqtida bajarishda, yirik investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya
organlarining rolini oshirishga yo’naltirilgan yagona davlat soliq-byudjet
siyosatini amalga oshirish;
–
iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab chiqarish
samaradorligini ta’minlash, mineral-xom ashyo, er-suv hamda boshqa resurslar
va uskunalardan oqilona foydalanishda soliq hamda boshqa majburiy
to’lovlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirish yo’li bilan soliq tizimini izchil
takomillashtirib borish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish,
soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va to’lash tartibini
soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning
to’liq yig’ilishini ta’minlash maqsadida ularning stavkalarini optimallashtirish;
–
byudjetlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirish, Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining
daromad bazasini barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni
subventsiyadan chiqarib, ularning mutanosibligi va o’zini o’zi qoplay olishini
45
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2847-son Qarori. http://www.lex.uz
145
ta’minlash, hududlar hokimliklari
bilan
birgalikda Qoraqalpog’iston
Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrini kompleks va intensiv
rivojlantirish asosida Davlat byudjetiga qo’shimcha manbalar jalb etish yuzasidan
tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan yanada to’liq va
samarali
foydalanish, hududlar
iqtisodiyotini
modernizatsiyalash
va
diversifikatsiyalash;
–
moliyaviy
resurslarni
iqtisodiy
taraqqiyotning
eng
ustuvor
yo’nalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal rivojlantirishga,
maqsadli investitsiya dasturlarini moliyalashtirishga, belgilangan me’yorlarga
muvofiq ularni real moliyalashtirish manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu
asosda kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;
–
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash
borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo’jaligini moliyaviy qo’llab-
quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini joriy etish, tovarlar va
xizmatlarning
ayrim
turlariga
narx
va
tariflar
belgilash
tartibini
takomillashtirishhamda to’lov intizomini mustahkamlash;
–
byudjet tizimidagi byudjet mablag’laridan maqsadli hamda oqilona
foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish, qat’iy
iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini kamaytirish,
nobudgarchilik va talon-torojlikni, maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish
yuzasidan vazirliklar, idoralar, xo’jalik subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;
–
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa valyuta nazorati
organlari bilan birgalikda valyuta-moliya siyosatining asosiy tamoyillari va
usullarini shakllantirish, davlatning valyuta resurslarini ko’paytirish va ulardan
samarali foydalanish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
–
fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy
yo’nalishlarini ishlab chiqish, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash,
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan
uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar, xususan pensiyalar hamda
boshqa tegishli to’lovlarni tayinlash va o’z vaqtida to’lash bo’yicha
o’rnatilgan qoidalarning
qo’llanilishini
muvofiqlashtirish hamda
ularni
nazorat qilish;
–
sug’urta
tashkilotlarining
sug’urta
munosabatlari
barcha qatnashchilarining huquq va qonuniy
manfaatlari himoya qilinishini
ta’minlashga qaratilgan
faoliyatini
nazorat qilish,
buxgalterlik hisobi
va hisobotining yagona metodologiyasini shakllantirish va amalga oshirish,
146
auditorlik faoliyatini tartibga solish, mamlakatning moliya bozorlarini
rivojlantirish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
–
davlat moliya siyosati sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini tashkil etish, Moliya vazirligi, uning markaziy
apparati hamda tarkibiy bo’linmalarining ish shakllarini va usullarini tubdan
takomillashtirish,
moliya
organlari
faoliyatida
byurokratizm
va
sansalorlik hollariga
yo’l qo’ymaslik, inson huquqlari, erkinliklari va
manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlariga o’z vaqtida e’tiborqaratish, zimmaga yuklatilgan vazifalarning o’z
vaqtida va sifatli bajarilishi uchun moliya organlari xodimlarining mas’uliyatini
oshirish
Moliya organlarining ko’p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish,
moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko’rib chiqish, byudjet barcha
daromadlarini to’plash, davlat byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda
tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy
nazorati Bosh boshqarmasi mavjud bo’lib, u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 24-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to’g’risida Nizom”
870-son Qaroriga asosan faoliyat yuritadi.
Bosh boshqarma moliyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini, byudjet tizimi
byudjetlari mablag’lari maqsadli sarflanishini, moliyaviy nazorat obyektlari
tomonidan byudjet qonunchiligiga, shuningdek byudjet va smeta-shtat intizomiga
rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat moliyaviy nazorat organi
hisoblanadi.
Quyidagilar Bosh boshqarma va uning hududiy boshqarmalarining vazifalari
hisoblanadi:
–
byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’larini boshqarish va byudjet
hisobini yuritish bo’yicha maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulotlar
vositasida byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini doimiy monitoring
qilish;
–
byudjet qonunchiligiga rioya etish bo’yicha byudjet tashkilotlari bilan
tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish;
–
byudjet tashkilotlarida aniqlanayotgan pul mablag’lari va moddiy
boyliklarni talon-toroj qilish, kamomadlarga yo’l qo’yish, xarajatlar smetasi va
shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda ijro etish tartibini buzish va byudjet
qonunchiligini boshqacha tarzda buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni
sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab
chiqish;
147
–
masofaviy nazoratni keng ko’lamda qo’llash, zamonaviy axborot
texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida tekshirish obyektlari va
maqsadlarini aniqlash yo’li bilan kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir
vaqtda byudjet tashkilotlarini tekshirish samaradorligini oshirish;
–
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag’lari va byudjet
tashkilotlarining
byudjetdan
tashqari
jamg’armalari
mablag’laridan
foydalanishda byudjet qonunchiligiga hamda byudjet va smeta-shtat intizomiga
rioya etilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
–
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb
qilingan kreditlardan (qarzlardan), shuningdek insonparvarlik yordami va texnik
ko’maklashish mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan moliyaviy
nazoratni amalga oshirish;
–
davlat maqsadli va boshqa jamg’armalari, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi boshqa jamg’armalar mablag’laridan
foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
–
o’z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini
ko’rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga
rioya etilishini ta’minlash;
–
moliya inspektori lavozimi joriy etilgan tashkilotlarda aksiz solig’ini
to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishi yuzasidan nazorat o’rnatish;
–
paxta tozalash korxonalarida hisobga olish va hisobotning haqqoniyligi
ustidan davlat nazoratini amalga oshirilishini ta’minlash.
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari muhim rol
o’ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida” 1997-
yil 29-avgustdagi qonuni
46
soliq nazoratining asoslari, uni amalga oshirish
bo’yicha soliq organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Soliq nazorati soliq to’lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish
bilan bog’liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iboratdir. U
davlat soliq xizmati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq
Kodeksi
47
da keltirilgan shakllarga asosan amalga oshiriladi.
Soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirishda bir qator muammolarni bartaraf
etish maqsadida 2017-yil 18-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“
Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni
qabul qilindi va unda davlat soliq xizmati organlari tizimini isloh qilishning
quyidagi muhim yo’nalishlari belgilandi:
46
O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni. http://www.lex.uz.
47
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2007 y., 52 (I)-son. http://www.lex.uz
148
–
soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari va ilg’or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish,
soliq to’lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlariga to’g’ridan-to’g’ri
muloqotsiz elektron xizmat ko’rsatishga to’liq o’tish;
–
soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazaning o’z vaqtida hamda
ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar
mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog’liq bo’lgan ishonchli
axborotini o’z muddatida taqdim etish bo’yicha mas’uliyatini oshirish;
–
soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to’lovchilarga har tomonlama
ko’maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan
mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to’lovchilarning huquqiy madaniyatini
oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
–
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq
salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish obyektlarini to’liq qamrab olish
va soliq solinadigan bazani kengaytirishni ta’minlash bo’yicha samarali
tadbirlarni amalga oshirish;
–
faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har
tomonlama ko’maklashish, past rentabelli va zarar ko’rib ishlayotgan
korxonalarning moliyaviy ahvolini sog’lomlashtirish, o’zaro hisob-kitoblar
mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo’l qo’ymaslik orqali soliq
solinadigan bazani kengaytirish;
–
soliq solish masalalari, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar
daromadlarini oshirishning qo’shimcha zaxiralarini aniqlash orqali moliya
organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati
organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;
–
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, soliq organlarini yuqori ma’naviy-
axloqiy sifatlarga ega malakali xodimlar bilan to’ldirish bo’yicha tizimli ishlarni
amalga oshirish, shuningdek xodimlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini
ta’minlash va ular uchun xizmatni o’tashning munosib shart-sharoitlarini
yaratish.
Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
–
soliq qonunchiligi, soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Byudjetdan
tashqari Pensiya fondiga majburiy to’lovlarning o’z vaqtida hisoblab yozilishi,
to’liq va o’z vaqtida to’lanishini nazorat etish;
–
soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini ta’minlash, soliq
to’lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam ko’rsatish, soliq bo’yicha
qoidabuzarliklarni aniqlash, ogohlantirish va to’xtatib qo’yish.
Davlat soliq xizmati organlari o’z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga
149
ega:
–
soliq to’lovchilarda (jumladan soliq to’lovchilar bilan bog’langan qarshi
subyektlarda) O‘zbekiston Respublikasi nobyudjet Pensiya fondiga majburiy
to’lovlarning o’z vaqtida hisoblab yozilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi bilan
bog’liq bo’lgan moliyaviy hujjatlarni, shuningdek eksport-import operatsiyalari
bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarni tekshirish, tekshiruv vaqtida yuzaga keladigan
masalalar bo’yicha zarur bo’lgan tushuntirish, ma’lumotnoma va ma’lumotlarni
olish;
–
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslar hamda jismoniy
shaxslarning banklardagi va boshqa moliya-kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlari
bo’yicha operatsiyalarni to’xtatib qo’yish.
Davlat soliq xizmati organlari o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni
boshqa davlat boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqaruv organlari, statistika va moliya organlari,
banklar va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro birgalikda bajaradilar. Ko’rsatilgan
organlar va tashkilotlar soliq xizmati organlariga soliq qonunchiligiga rioya
etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliq qonunbuzarligiga qarshi
kurashda yordam berishlari shart.
Ko’rsatilgan qonunchilik hujjatida nazarda tutilgan soliq nazoratini tashkil
etish Davlat soliq qo’mitasi va uning organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi
677-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni
yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi to’g’risida Nizom” yangidan tasdiqlandi.
Ushbu nizomga muvofiq Davlat soliq qo’mitasi soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishini, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlari
himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo’yicha respublika davlat
boshqaruvi organi hisoblanadi va o’z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunadi. Davlat soliq qo’mitasining moliyaviy nazorat
sohasidagi asosiy vazifasi soliq to’lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya
etilishi, soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab
yozilishi, ularning to’liq va o’z vaqtida to’lanishi ustidan nazoratni amalga
oshirish hisoblanadi.
Davlat soliq qo’mitasi zimmas iga soliq nazorati bo’yicha bir qator vazifalar
yuklatilgan:
–
davlat soliq siyosatini amalga oshirish;
150
–
soliq sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa
majburiy to’lovlarning to’g’ri hisoblab chiqilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishi
yuzasidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
–
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksiga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Davlat byudjetiga, davlat maqsadli jamg’armalariga va byudjetdan tashqari
jamg’armalarga to’liq miqdorda tushishini ta’minlash;
–
soliq to’lovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog’liq
bo’lgan obyektlarning to’liq va o’z vaqtida hisobga olinishini ta’minlash, ularni
to’liq qamrash va hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, Soliq
to’lovchilar identifikatsiyalash tartib raqamlarining yagona reestrini yuritish;
–
soliq solish bazasini kengaytirish hamda soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlarini ro’yobga chiqarish,
soliq sohasidagi huquq buzilishlarining oldini olish, aniqlash va ularga barham
berish bo’yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
–
pul mablag’larining noqonuniy aylanishi manbalariga barham berish,
naqd pul tushumining aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik
va jismoniy shaxslar tomonidan banklar kassalariga o’z vaqtida va to’liq
topshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlash;
–
soliq qonunchiligiga rioya etish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash,
soliq to’lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda yordam ko’rsatish, ularga
ko’rsatiladigan axborot-maslahat xizmatlari turlarini kengaytirish;
–
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xo’jalik faoliyati yuzasidan
qat’iy nazoratni amalga oshirish;
–
davlat soliq xizmati organlarini halol, yuqori malakali, o’z ishiga sadoqatli
xodimlar bilan ta’minlash, kadrlar tarkibining sifat darajasini yaxshilash bo’yicha
tizimli ishlarni
amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tizimida 2000-yil 13-
martdagi Vazirlar Mahkamasining 87-sonli qarori bilan Bosh nazorat-taftish
boshqarmasi
48
tuzilgan bo’lib, uning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar bo’linmalari mavjud.
Quyidagilar bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
–
xo’jalik yurituvchi subektlar tomonidan soliq to’g’risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning to’g’ri
hisoblab chiqarilishi, to’liq va o’z vaqtida to’lanishini nazorat qilish; soliqqa oid
huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish;
48
Davlat soliq qo’mitasining 2017 yil 9 oktyabrdagi 646-sonli buyrug’i asosan “Davlat soliq qo’mitasining Bosh nazorat-
taftish boshqarmasi to’g’risi Nizom”i tapsdiqlangan. http://www.soliq.uz
151
–
fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari faktlari to’g’risidagi xatlari,
shikoyatlari va arizalarini ko’rib chiqish;
–
soliq to’lovchilar bilan soliq qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash
bo’yicha ish olib
borish.
Davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, bosh
boshqarmaga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi
mumkin.
Davlat moliyaviy nazorati bo’yicha funksiyalarni bank tizimi ham bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to’g’risida” 1995-yil 21-dekabrdagi qonuni
49
ga muvofiq u bank tizimi
barqarorligini qo’llab-quvvatlash, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari
himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar faoliyatini
tartibga solishni amalga oshiradi.
Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bo’yicha o’z vakolatlarini
amalga oshirish yuzasidan bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya
hisobini yuritish va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlarni tuzish
uchun banklar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qoidalarni belgilaydi.
Mamlakatimizda bank tizimining barqaror faoliyat ko’rsatishi ustidan
samarali nazoratni va Markaziy bank faoliyatini yanada takomillashtirishni
ta’minlash maqsadida quyidagilar Markaziy bank faoliyatining ustuvor
yo’nalishlari etib quyidagilar belgilandi
50
:
birinchidan, asossiz inflyatsion kutilmalarni oldini olish maqsadida
inflyatsion targetlashning prinsip va mexanizmlarini bosqichma-bosqich tatbiq
qilish bilan pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini tubdan takomillashtirish,
ushbu usulga o’rta muddatli istiqbolda to’liq o’tish va pul-kredit sohasida amalga
oshirilayotgan siyosat va choralarning shaffofligini oshirish;
ikkinchidan, inflyatsiya omillarini chuqur o’rganish va to’lov balansini
hisobini yuritish va tahlil qilish tizimini to’liq shakllantirish asosida pul-kredit
siyosatini shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish uslublarini
takomillashtirish maqsadida statistik, tahliliy va tadqiqot bazasini rivojlantirish;
uchinchidan, bank tizimini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmlarini,
shu jumladan tijorat banklar faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni dastlabki
bosqichlarida aniqlash va ularni bartaraf etuvchi choralar ko’rish imkonini
beruvchi tijorat banklar tavakkalchiligini boshqarish va baholash tizimini
takomillashtirish;
49
16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, 2019-y., 2-son, 47-modda. http://www.lex.uz
50
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
PF-5296-
son Farmoni.
http://www.lex.uz
152
to’rtinchidan, o’rta va uzoq muddat istiqbollarda iqtisodiyotni barqaror
o’sishini ta’minlovchi muhim tarkibiy qism sifatida bank tizimini rivojlantirish,
tijorat banklar va tadbirkorlik subyektlarining o’zaro to’liq sheriklik
munosabatlarini shakllantirish, aholining bank tizimiga ishonchli institutsional
sherik sifatida ishonchini mustahkamlash uchun raqobat sharoitlarni yaratish;
beshinchidan, to’lov tizimini yanada rivojlantirish, shu jumladan real vaqt
rejimida tezkorlik bilan hisob raqamlarni boshqarish va bank operatsiyalarini
o’tkazish imkonini beruvchi masofadan bank xizmatlari ko’rsatgan holda tijorat
banklarining samarali axborot almashinuvi tizimini tashkil etish;
oltinchidan, nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini
kuchaytirish, shuningdek ularning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish
bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ettinchidan, bank xizmatlari iste’molchilari huquqi va qonuniy manfaatlari
himoyasini ta’minlash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy ochiqlikni
va ularning savodxonlik darajasini oshirish.
Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:
–
banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va tekshirish, ularning
faoliyati, jumladan operatsiyalari to’g’risida axborot, ma’lumotlarni so’rash va
olish;
–
olingan axborot, ma’lumotlar bo’yicha tushuntirishlar talab qilish;
–
banklarning ichki auditi bo’yicha talablar belgilash;
–
bank aktivlarini sifat bo’yicha tasnif qilish va aktivlar bo’yicha ko’rilishi
mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun shunday zaxiralar tuzishni talab qilish;
–
banklarga ular faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish
bo’yicha bajarilishi majburiy bo’lgan yozma buyruqlar, ko’rsatmalar jo’natish.
Davlat moliyaviy nazoratning ayrim funksiyalarini boshqa organlar ham
bajaradi. Bu, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasi
huzuridagi Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat
etish markazi
51
ga taalluqli bo’lib, u o’z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi
vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Qimmatli
qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi to’g’risida”
Nizom
52
ga asoan olib boradi. Markaz zimmasiga barcha davlat organlari va
xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi
qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
51
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 26-martdagi PF-1414-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan.
http://www.lex.uz
52
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Qimmatli qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi
to’g’risida” Nizom. http://www.lex.uz
|