12-rasm. Moliyaviy hisobotlar funksiyalari Shunday bo‘lsa-da, bu o‘rinda shuni qayd etish joizki, firmaning moliyaviy
hisobotlarida kamdan-kam hollarda uning faoliyati qanchalik samarali bo‘lganini
to‘liq baholash uchun zarur ma’lumot mavjud. Ammo hisobotlar manfaatdor
shaxslarni korxona faoliyatining qaysi jihatlarini, ayniqsa, o‘ta sinchkovlik bilan
tahlil qilish kerakligi to‘g‘risida muhim ma’lumot bilan ta’minlashi mumkin.
Moliyaviy hisobotlarni batafsil o‘rganib, firmani boshqarishda qo‘lga kiritilgan
yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rish, ba’zida esa firibgarliklarni aniqlash
mumkin. Ularning naqadar muhim ekanligini anglash uchun Hisob Palatasi,
Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, tarmoq yoki soha vazirliklari qoshidagi
Nazorat-taftish boshqarmalari, auditorlik xizmatlari va hokazolar tomonidan
taqdim etiladigan materiallarga ko‘z tashlashning o‘zi yetarli. Xuddi shunday
maqsad bilan OAV tomonidan e’lon qilinayotgan ma’lumotlarga e’tibor
berishning o‘zi ham juda ko‘p narsani ko‘rsatishi mumkin.
Rasmga ko‘rsatilishicha, moliyaviy hisobotlarning ikkinchi funksiyasi
firma egalari va kreditorlariga korxona faoliyati samaradorligining asosiy reja ko‘rsatkichlarini aniqlash va menejerlar faoliyatini tartibga solish imkonini berish hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlardan direktorlar kengashi korxona samarador-ligining
rejadagi ko‘rsatkichlari borasida muayyan maqsadni belgilash uchun foydalanadi.
Masalan, ular balans daromadliligi yoki kapital daromadliligi koeffitsiyenti
(ROE) uchun aniq o‘sish sur’atini belgilagan holda, muayyan maqsad qo‘yishi
mumkin. Shuningdek, kreditorlar firma boshqaruv-chilari oldiga joriy aktivlar va
joriy majburiyatlar nisbati koeffi-tsiyenti kabi kutilgan ko‘rsatkichni maqsad qilib
qo‘ygan holda, ularning xatti-harakatlarini cheklab qo‘yishlari ham mumkin.
Moliyaviy hisobotlarning navbatdagi funksiyasi,
qulay shablon-modellar tuzish va ulardan moliyaviy rejalashtirish jarayonida foydalanishdir. O‘z korxonalari uchun ma’lum davr bo‘yicha moliyaviy natijalar to‘g‘risida