Davlatiy moliya


Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot. 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisobotda ma’lum vaqt oralig‘ida firma samaradorligiga umumiy baho beriladi. 
Biz o‘rganayotgan misolda bu davr 1 yilga teng. Buning uchun foyda (income, 
profit, earnings) deb ataladigan asosiy moliyaviy ko‘rsatkichdan foydalaniladi. 
Foyda – bu korxonaning daromadi va xarajatlari o‘rtasidagi farq. 4-jadvalda 
keltirilgan hisobotda 2019-yilda “XYZ”
 
korxonasi tovarlarini sotishdan kelgan 
tushum (daromad) 200,0 mln. so‘mni, sof foyda – 23,4 mln. so‘mni tashkil etgani 
ko‘rsatilgan.
4-jadval 
“XYZ”  korxonasi faoliyatining 2019-yildagi moliyaviy natijalari 
to‘g‘risida hisoboti (soddalashtirilgan shakli) 
(mln. so‘mda) 
Sotishdan olingan daromad (tushgan tushum) 
200,0 
Sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot tannarxi 
(110,0) 
Yalpi foyda 
90,0 
Umumiy xarajatlar, mahsulot sotish xarajatlari va ma’muriy 


205 
xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari) 
(30,0) 
Asosiy faoliyatdan olingan foyda 
60,0 
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari 
(21,0) 
Soliqqa tortiladigan foyda
39,0 
Foyda solig‘i 
(15,6) 
Sof foyda 
23,4 
Bir aksiyaga hisoblaganda sof foyda (muomalada 1 mln. aksiya) 
23,4 
Sof foydaning taqsimlanishi: 
To‘langan dividendlar 
10,0 
Taqsimlanmagan foydaning o‘zgarishi 
13,4 
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, “XYZ”
 
korxonasining xarajat moddalari to‘rtta asosiy kategoriyaga bo‘lingan. Birinchi 
guruhga 110,0 mln so‘mni tashkil etgan sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulot 
tannarxi kiritilgan. Bu korxonaning joriy yilda sotilgan tovarlarni ishlab chiqarish 
jarayonida ketgan xarajatlari bo‘lib, ular, asosan, materiallar sotib olishga ketgan 
xarajatlar, ishchi-xodimlarga to‘langan mehnat haqi va boshqa shunga o‘xshash 
xarajatlarni o‘z ichiga oladi. Sotishdan olingan daromad va sotilgan mahsulot 
tannarxi o‘rtasidagi farq yalpi foyda deb ataladi. Yuqoridagi jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rinishicha, “XYZ” korxonasining bu ko‘rsatkichi 2019-yilda 
90,0 mln. so‘mni tashkil etgan. 
Keyingi xarajatlar kategoriyasida umumiy, ma’muriy va mahsulot sotishga 
ketgan xarajatlar (GS&A) (davr xarajatlari) aks ettirilgan. Bu yerda firmaning 
boshqaruv xarajatlari (masalan, menejerlarning mehnat haqi), shuningdek 
marketing va hisobot yilida korxona ishlab chiqargan tovarlarni sotish bo‘yicha 
xarajatlar inobatga olingan. Yalpi foyda va GS&A xarajatlari o‘rtasidagi farq 
operatsion foyda yoki asosiy, ishlab chiqarish faoliyatidan olingan foyda deb 
yuritiladi. “XYZ”
 
korporatsiyasining ma’muriy chiqimlari va mahsulot sotishga 
ketgan xarajatlari (GS&A) 2019-yilda 30,0 mln. so‘mni tashkil etgan ekan, uning 
ishlab chiqarish foydasi 60,0 mln. so‘mga tengdir. 
Uchinchi xarajatlar kategoriyasiga “XYZ”
 
korxonasining 
qarz 
majburiyatlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga ketgan xarajatlari kiradi va bu 
xarajatlar o‘rganilayotgan davr oxirida 21,0 mln. so‘mni tashkil etgan. Ularni 
ishlab chiqarish foydasi summasidan ayirib, soliqqa tortiladigan foyda summasini 
olamiz. Bu 39,0 mln. so‘mga tengdir. 
Moliyaviy 
natijalar 
to‘g‘risidagi 
hisobotning 
to‘rtinchi, 
oxirgi 
kategoriyasida korxona tomonidan to‘langan soliq summalari aks ettirilgan. 2019-
yilda “XYZ”
 
 
korxonasi soliqqa tortiladigan foyda summasidan o‘rtacha 40% 
miqdorida soliq to‘lagan. Shunga muvofiq ravishda korxona foydasidan olingan 


206 
soliqning summasi 15,6 mln. so‘mga teng bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibdiki,
“XYZ”
 
korxonasining soliqlar to‘langanidan keyingi sof foydasi 23,4 mln. so‘mni 
tashkil etgan. Demak, korxonaning 1 mln. aksiyasi muomalada (ya’ni, 
aksiyadorlar qo‘lida) bo‘lgan ekan, uning bitta aksiyasiga hisoblangan sof foyda 
23,40 so‘mga tengdir. 
Biz tahlil qilayotgan hisobotda, shuningdek, 2019-yilda korxona 
aksiyadorlariga dividend tariqasida pul shaklida umumiy miqdorda 10,0 mln. 
so‘m to‘langani ko‘rsatilgan. Demak, bu to‘lovlardan keyin sof foyda 
summasidan qolgan 13,4 mln. so‘m firma tomonidan o‘z biznesini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan. E’tibor bering: bu summa, ya’ni 13,4 mln. so‘m 
korxona balansida 2019-yilning oxirida aksiyadorlik kapitalining o‘sgan 
ko‘rsatkichi sifatida aks ettiriladi. Yana shunga alohida e’tibor berish kerakki, sof 
foyda va firma hisob varag‘iga kelib tushayotgan pullar bu bitta narsa emas. 
Shuning uchun bu oxirgi raqam (13,4 mln so‘m) firmaning pul balansiga 
qo‘shilmaydi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin