Davlatiy moliya


-MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOTDA MOLIYAVIY



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

12-MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOTDA MOLIYAVIY 
KOEFFITSIYENTLARDAN FOYDALANISH 
REJA: 
1.
 
Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi. 
2.
 
Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar. 
3.
 
Moliyaviy “dastak” samarasi. 
1.
 
Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi va ular o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqliklar 
Moliyaviy hisob va buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va amaliy 
normalari o‘rtasidagi mavjud farqqa qaramay, firmaning moliyaviy hisobotlarida 
uning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risida 
ma’lumotlar bo‘ladi va ular rahbarlarga korxonaning bo‘lajak ishini tahlil qilish 
va istiqbollarini belgilashda, albatta, asqotadi. Korxonaning moliyaviy hisobotlari 
asosida korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilishda bir qator 
maxsus koeffitsiyentlardan foydalaniladi va bu koeffitsiyentlar yordamida turli 
korxonalar 
ko‘rsatkichlarini yoki bitta korxonaning turli yillardagi 
ko‘rsatkichlarini taqqoslash mumkin.
Mazkur koeffitsiyentlardan foydalanib, firma faoliyati samarador-ligining 
quyidagi beshta asosiy jihatlarini tahlil ilish mumkin: 
1)
rentabellik (profitability); 
2)
aktivlarning aylanuvchanligi (asset turnover); 
3)
o‘z mablag‘i yoki qarz olingan mablag‘lardan moliyalashtirish yoki 
63
Nisbatan yaqinda AQShning bir necha korporatsiyalari tomonidan kompaniya faoliyati samaradorligini baholash uchun 
yangi mezon qabul qilindi. U 
iqtisodiy qo‘shilgan qiymat
(EVA – economic value added) deb nomlandi. Ushbu mezon Stern 
Stewart & Co kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy afzalligi shundaki, mazkur ko‘rsatkich aniqlanayotganda 
kompaniyaning o‘z kapitalidan foydalanishdagi vaqt xarajatlari hisobga olinadi. 


215 
moliyaviy “dastak” (moliyaviy leverij) (financial leverage); 
4)
likvidlik (liquidity); 
5)
bozor qiymati (bahosi) (market value). 
7-jadvalda ushbu koeffitsiyentlarning barchasi va “XYZ”
 
korxonasi uchun 
ularni hisoblab chiqarish misollari ko‘rsatilgan. 
Jadvalda birinchi bo‘lib, 
rentabellik
koeffitsiyenti keltirilgan. Tahlil 
davomida firma sotish rentabelligi koeffitsiyentini, uning aktivlari rentabelligi 
yoki kapital daromadliligini aniqlash mumkin. Birinchi va ikkinchi holatda foyda 
ko‘rsatkichi sifatida foizlar va soliqlarni to‘lashdan oldingi korxona foydasi 
olinadi (EBIT — earnings before interest and taxes), oxirgi holatda esa – sof foyda 
olinadi. Bundan tashqari, agar moliyaviy koeffitsiyentni hisoblab chiqish uchun 
asos bo‘ladigan bitta ko‘rsatkich korxona faoliyatining moliyaviy natijalari 
to‘g‘risidagi hisobotdan olingan bo‘lsa, demak ma’lum davrni ifodalaydi. 
Ikkinchi komponent esa balansdan olinadi va korxonaning ma’lum vaqtdagi 
moliyaviy ahvolini aks ettirsa, u holda, odatda, yil oxiri va yil boshidagi balans 
ko‘rsatkichlarining o‘rtacha arifmetik soni (qiymati) hisoblab chiqa-riladi va bu 
son maxraj sifatida ishlatiladi. 
Bundan keyin jadvalda 
aktivlar aylanuvchanligi
koeffitsiyenti keladi. Ular 
yordamida firma daromad olish maqsadida o‘z aktivlaridan qanchalik samarali 
foydalanayotganini aniqlash mumkin. Aktivlar aylanuvchanligi – bu umumiy 
mezon. 
Debitorlik 
qarzi 
aylanuvchanligi 
va 
tovar-moddiy 
zaxiralar 
aylanuvchanligi esa tegishli toifadagi aktivlarni baholash uchun qo‘llaniladigan 
maxsus mezonlardir.
7-jadvaldagi to‘rtinchi guruh koeffitsiyentlari 
likvidlik
koeffitsiyentlaridan 
tashkil topgan. Bu koeffitsiyentlar firma o‘zining qisqa muddatli majburiyatlari 
bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga, yoki o‘z hisob varaqlari bo‘yicha to‘lashga 
va shundan keyin to‘lovga qodir bo‘lib qolishini baholash uchun ishlatiladi. 
Likvidlik darajasini baholashga xizmat qiladigan asosiy koeffitsiyentlar – bu joriy 
likvidlik koeffitsiyenti va ancha aniqroq hisoblanadigan kritik baholash 
koeffitsiyentlari (yoki lakmus qog‘oz koeffitsiyenti) bo‘lib, ular yordamida eng 
yuqori likvidlikka ega aylanma aktivlar: pul mablag‘lari va bozor qimmatli 
qog‘ozlari baholanadi. 
Keyin jadvalda 
moliyaviy “dastak”
koeffitsiyentlari sanab o‘tilgan bo‘lib, 
ular firma kapitali tuzilmasini va firmaning kreditorlar oldida qarzdorligi 
darajasini aks ettiradi. Qarzdorlik koeffitsiyenti kapital tuzilmasini o‘lchashga 
xizmat qiladi. Foizlarni qoplash koeffitsiyenti yordamida esa firmaning foiz 
to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni ko‘tara olish qobiliyatini o‘lchash mumkin.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin