Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

2. Sug‘urta korxonalari 
Sug‘urta korxonalari – bu moliyaviy vositachilar bo‘lib, ularning asosiy 
funksiyasi uy xo‘jaliklari va firmalarga alohida turdagi shartnomani sotib olish 
orqali risk darajasini kamaytirish imkoniyatini taqdim etishdir. Bunday shartnoma 
sug‘urta polisi deb nomlanadi va unga muvofiq, unda keltirilgan konkret holatlar 
yuzaga kelganda mijozlarga ma’lum summa to‘lanadi. Predmeti baxtsiz 
hodisadan, o‘g‘irlik yoki yong‘indan sug‘urtalash bo‘lgan polislar 
kutilmagan 
hodisalardan keladigan zararni sug‘urtalash
va 
mulkiy sug‘urtalash 
sohasiga 
kiradi. Sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha to‘lovlarni nazarda tutuvchi 
polislar 
kasallik bo‘yicha va mehnatga layoqatsizlik sug‘urtasiga,
mijoz vafot 
etgan taqdirda pul to‘lanishi nazarda tutiladigan polislar 
hayotni sug‘urtalashga
kiradi. 
Sug‘urta polislari ularni sotib oluvchi uy xo‘jaliklari va firmalarning aktivi 
hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida ular sug‘urta korxona-larining qarzdorlik 
majburiyatlari sifatida amalda bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatilgani uchun mijoz 
tomonidan to‘lanadigan pullar 
sug‘urta mukofoti
deyiladi. Mijozlar sug‘urta 
mukofotini xizmat ko‘rsatilishdan avval to‘laganlari sababli, sug‘urta korxonalari 
ushbu pul mablag‘larini ma’lum vaqt mobaynida ishlatadilar. Bu muddat bir 
yildan kam bo‘lishi ham mumkin. Shuningdek, bir necha o‘n yillarga cho‘zilishi 
ham mumkin. Sug‘urta korxonalari mijozlardan olgan sug‘urta mukofotlarini turli 
xil moliyaviy aktivlarga: aksiyalar, obligatsiyalar va ko‘chmas mulkka qo‘yadilar. 
3. Pensiya fondlari 
Pensiyani rejalashtirish dastur (pensiya reja)larida ishtirok etish fuqaroning 
shaxsiy jamg‘armasi va mamlakatda ijtimoiy ta’minot dasturida ko‘zda tutilgan 
pensiya imtiyozlari bilan bir qatorda pensiyaga chiqqan odamga pensiyaga 
chiqishdan oldingi daromadlarni o‘rnini bosadigan yangi daromad manbai bo‘lib 
xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi 
yoki xodimning o‘zi tomonidan moliyalashtiriladi. 
Pensiya dasturlari ikki turga bo‘linadi: belgilangan badallarga asoslangan 
pensiya dasturi, yoki jamg‘arma pensiya dasturi va belgilangan imtiyozlarga 
asoslangan pensiya dasturlari, yoki rag‘batlantirish pensiya dasturi. Jamg‘arma 
pensiya dasturi bo‘yicha xodim hisob raqamiga ega bo‘lib, shu hisob raqamiga 


197 
xodimning ish beruvchisi va, odatda, xodimning o‘zi muntazam ravishda badal 
to‘lab boradilar. Pensiyaga chiqqandan keyin xodim o‘z pensiya jamg‘armasida 
to‘plagan mablag‘iga teng summaga ega bo‘ladi. 
Rag‘batlantirish pensiya dasturi xodimning pensiya imtiyozlari muayyan 
formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, ko‘p hollarda uning 
ish haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy formulaga 
ko‘ra xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan davridagi o‘rtacha ish 
haqidan 1% hisoblanishi ko‘zda tutilgan.
Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan 
tashkilot, yoki tashkilot yollagan sug‘urta korxonasi o‘zini sug‘urta qilgan kishiga 
bo‘lajak to‘lovlarni kafolatlaydi va shu tariqa investitsion riskni butunlay istisno 
qiladi. Ba’zi mamlakatlarda, masalan Germaniya, Yaponiya va AQShda 
homiylarning qarilik nafaqasi to‘lanishi borasidagi kafolatlari ma’lum darajada 
davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin