Ta’rif. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya deyiladi. Moliyaning xarakterli belgilari qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog’liq bo’lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog’liq bo’lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterda ekanligi
pul mablag’lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo’nalishga ega ekanligi
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini yaratish
Moliya quyidagi sub’yektlar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi: tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
byudjet tizimiga soliqlarni to’lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lovlarni to’lash jarayonida davlat va fuqarolar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
to’lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
byudjet tizimining alohida bo’g’inlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
sug’urta badallarini to’lash va zararlarni qoplash, sug’urta hodisasi ro’y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.