Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari.
Bozor xo`jaligi sharoitida iqtiyosodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimidan iborat bo`ladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) ning ob'ektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va kapital to`planishi ma'lum darajaga erishganda vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda qiyinchiliklar o`sib va ziddiyatlar to`planib borishi bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirishni zarur qilib qo`yadi.
Hozirgi sharoitda IDTTS takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish, bandlilikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo`llab -quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin.
IDTTSning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, mavjud tuzumni mustahkamlash (mamlakat ichida va xalqaro maydonda) va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.