Davlatning metall fondi. Metallning aylanma harakati. Qora va rangli metallar Reja


-rasm. Ikkilamchi qora metallarni hosil bo‘lish sxemasi



Yüklə 417,52 Kb.
səhifə3/5
tarix18.03.2023
ölçüsü417,52 Kb.
#88668
1   2   3   4   5
Metallarresiklingi2-bob (2)

2. 2-rasm. Ikkilamchi qora metallarni hosil bo‘lish sxemasi

Qora metallarni asosan turli xil buyumlarni ishlab chiqarishda va qurilishda ishlatiladi. Bu ikki yo‘nalishda qora metallarni ishlatilishi quyidagicha taqsimlanadi (2.2-jadval).


Qora metallardan tayyorlangan buyumlarni muddatini o‘tab bo‘lishi, yaroqsiz holga kelishi asosan buyumlarga fizik va ma’naviy emirilish natijasida yuz beradi. Shuning uchun keyinchalik ishlatishga yaroqsiz va o‘z qiymatini yo‘qotgan mashinalarning, mexanizmlarning, uskunalarning ayrim qismlari yoki butunligicha yangilarga almashtiriladi. Almashtirilgan qismlar yoki mashinalar, mexanizmlar, uskunalar va qora metall temir-tersaklariga aylanadi. Amartizatsion temir-tersaklarni hosil bo‘lishini asosiy manbalari bo‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
1) asosiy vositalarni yo‘qolishi;
2) asbob-uskunalarni remont qilinishi va modernizatsiyalanishi;
3) almashunuvchan asbob-uskunalarni yaroqsiz holga kelishi;
4) unchalik qimmat bo‘lmagan, jihoz va asbob-uskunalarni sarfdan chiqishida.
Asosiy vositalarni yo‘qotishdan hosil bo‘lgan amortizatsion temir-tersaklar avariyalar, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladi. Avariya va tabiiy ofatlar binolarni, inshoatlarni, truboprovodlarni, paravozlarni, ekskavatorlarni, stanoklarni, qishloq va xalq xo‘jaligi mashina-mexanizmlarni, temir yo‘l va tramvay izlarini, ishlatishga yaroqsiz holga keltiradi.
2.2–jadval.
Qora metallarni ishlatilish tasnifi



Mahsulot

Iste’mol qilish, %

Ishlab chiqarishda

Qurilishda

Prokat

66,0

34,0

Po‘lat trubalar

40,4

59,6

Cho‘yan trubalar

40,5

59,5

Metizlar

68,0

32,0

Po‘lat va cho‘yan quyish

100,0

-

Prokovkalash va shtampovkalash

100,0

-

Eskirgan relslar

-

100,0

Ishchi metall chiqindilari

100,0

-

Qolgan qora metallar

75,6

24,4

Remont va modernizatsiya natijasida hosil bo‘lgan amartizatsion temir-tersaklarga almashtirilgan ehtiyot qismlar, detallar, mashina va mexanizm qismlari, transport vositalari va asbob-uskunalar kiradi. Almashinuvchan asbob-uskunalarni yaroqsiz holga kelishidan hosil bo‘lgan amartizatsion temir-tersaklarga almashtirilgan qoliplar, muldalar, osttog‘ora (poddon) lar, kovshlar, cho‘michlar, shlak kosa (chasha) lari, quyish moslamalari, texnologik moslamalar kiradi. Unchalik qimmat bo‘lmagan jihoz va asbob-uskunalar narhi 50 dollardan ishlash muddati 1 yildan oshmaydigan jihoz va asbob-uskunalarni buzilishidan hosil bo‘ladi. Undan tashqari, amartizatsion temir-tersaklarni maishiy va egasiz (besxoz), xarbiy va suv transporti (sudna) turlari ham mavjud.


Maishiy temir-tersaklar aholida metall buyumlar va ularni qismlarini buzilishidan hosil bo‘ladi. Bularga metall krovatlar, kir yuvish mashinalari, muzlatgichlar, metall idishlar, mototsikllar, velosipedlar, avtomashinalar, motorli qayiqlar va h.k. kiradi.
Egasiz temir-tersaklari deb qaysi turga tegishliligini aniqlash mumkin bo‘lmagan temir-tersaklar kiradi.
Harbiy temir-tersaklarga safdan chiqqan yoki ro‘yxatdan o‘chirilgan harbiy texnikalar, aslahalar va qurol-yarog‘lar kiradi.
Suv transporti temir-tersaklarini, emirilish natijasida safdan chiqqan yoki ishlatilish uchun yaroqsiz holga kelgan suvda yuruvchi ob’ektlar tashkil qiladi. Bularga barjalar, paroxodlar, katerlar, turli xil suv osti va usti kemalari kiradi.
Amortizatsion temir-tersaklarni hosil bo‘lishi davlat metall fondini hajmiga, mashina, mexanizm va turli ob’ektlarni qo‘llanish jadalligiga bog‘liq. Bu mashina, mexanizm, turli ob’ektlarni ishlatish muddati va ularni almashtirish imkoniyatlari mexanikani rivojlanishini darajasiga bog‘liq.
Korxona va sexlarni shlak chiqindixonalarida yig‘ilib qolgan shlaklarni qayta ishlash ham davlatni metall fondini hajmini oshirishga yordam beradi. Bu chiqindixonalardagi shlaklarni metalga aylantirishda zamonaviy usullarni qo‘llash metalni tannarhini ancha arzonlashtiradi. Shlaklarni qayta ishlash natijasida chiqindixonalarni atrof-muhitga etkazayotgan zarari yo‘qolishi bilan birga ular band qilgan erlar bo‘shaydi.
Metall chiqindilarini ishlatish deyilganda, cho‘yan va po‘latni eritishda, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishda temir-tersaklarni metallurgik xom ashyo sifatida, hamda boshqa maqsadlarda qo‘llash tushuniladi. Qora metall temir-tersaklari va chiqindilari juda ko‘p hollarda aglomerat, elektroferroqotishmalar, cho‘yan, po‘lat, kimyoviy mahsulotlar, rangli metallar va keng iste’mol mollari ishlab chiqarishda, cho‘yan quyishda hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Hozirgi kunda respublikamizda yig‘ilayotgan qora metall temir-tersak va chiqindilarni asosiy qismi (90 foizdan ko‘proq) po‘lat ishlab chiqarishga sarflanadi.
Jahon amaliyotida qora metall temir-tersak va chiqindilari quyidagi jarayonlarda qo‘llanadi:
1) metall chiqindilarini mayda qirindi shaklida shixtaga qo‘shib rudalarni aglomeratsiyalash jarayonida ishlatiladi. Bunda aglomerat tarkibidagi temir miqdori ko‘payadi va mustahkamligi oshadi.
2) elektroferroqotishmalar (turli xil markadagi legirlangan po‘latlar ishlab chiqishi kerak bo‘ladigan, boshqa elementlar bilan temir qotishmalarini aralashmalari, ishlab chiqarishda albatta uglerodlangan po‘lat qirindilari qo‘llaniladi. Bunda temir qotishma tarkibiga o‘tadi.
3) kimyoviy mahsulotlarni bir qancha turlarini va rangli metallarni ishlab chiqarishda qora metall temir-tersak chiqindilarini qo‘llash, texnologik jarayonni ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda qora metall temir-tersak chiqindilari katalizator yoki filtr rolini bajaradi.
4) bir qancha metallarni ishlab chiqarishda elementlarni ajratib olishda keng qo‘llanilmoqda, masalan, maxsus kombinatlarda nikel va kobalt ishlab chiqarishda legirlangan po‘lat chiqindilaridan bu elementlarni bir qancha markalari ajratib olinadi.
5) yildan yilga qora metall temir-tersak chiqindilaridan xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishda va sanoat miqyosidagi buyumlarini tayyorlashda keng foydalanilmoqda.
6) qora metall temir-tersak va chiqindilarini qurilish ashyolari ishlab chiqarishda keng qo‘llanilmoqda.
7) qora metall temir-tersak va chiqindilarini asosiy qismi kislorod konvertor, bessemir jarayonlarida temir qotishmalarini olishda ishlatiladi.
8) elektropechlarda metall olishda legirlangan temir-tersaklarni qo‘llash natijasida narhi qimmat bo‘lgan ferroqotishmalarni va boshqa legirlovchi materiallarni sarflash kamaytiradi.
9) quyuv cho‘yanini eritadigan va erigan shixtasini tarkibida po‘lat temir-tersaklarini 40 foizgacha etkazish mumkin. Elektropech shixtasining tarkibiga 10 foizgacha cho‘yan qo‘shish natijasida yuqori uglerodli asbobsozlik po‘latini olish mumkin.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qora metall temir-tersak va chiqindilarini asosiy qismi cho‘yan va po‘lat eritishda ishlatilmoqda. Buning bir qancha afzalliklari mavjud. Qora metall temir-tersak chiqindilarini ko‘p hajmda ishlatilishi natijasida rudalardan metall olish kamaymoqda, metall olishda ishlatiladigan turli xil qo‘shilmalarni (qimmatbaho ferroqotishmalar va bir qancha legirlovchi materiallar) sarfi kamaymoqda.
Metall olish davomiyligi kamaymoqda va metall tann-narhi arzonlashmoqda. Korxona va sexlarning shlak chiqindixonalaridagi turli xil chiqindilarni qayta ishlashdan maqsad, chiqindilar tarkibidagi turli metallarni ajratib olish, chiqindixonalarni atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishdir. Ciqindixonalardagi temir shlaklarini maydalangan shaklda bo‘lishi, ularning qayta ishlashdagi ayrim jarayonlarni chetlab o‘tishga olib keladi. Masalan, ularni navlarga ajratish, qirqish, maydalash jarayonlarisiz qayta ishlash mumkin.



Yüklə 417,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin